Oybek o’z ijodi davomida yigirmadan ortiq dostonlar yozgani ma’lum.
Yozuvchi tarjimai holida “Temur”,”Bobur” kabi dostonlar ustida ish olib
borayotganini aytgan, biroq bu dostonlar bizga to’laligicha yetib kelmagan.
152. Oybekning ilk she’riy to’plami qanday nomlangan?
Oybek 1925-yilda O’rta Osiyo Davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetiga
o’qishga kiradi. Oybek Cho’lpon bilan tanishib, uning she’riyati ta’sirida inja
tuyg’ular tasviriga beriladi. 1926-yilda ijodkorning birinchi she’rlar to’plami e’lon
qilinadi. Kitob “Tuyg’ular “ deb nomlangan. Bu to’plamga kirgan she’rlarida hatto
qushlar va uy hayvonlariga ham ozor bermaslikka chaqiruvchi cho’lponona buyuk
insonparvarlik yorqin ko’rinib turadi.
To’plamdan joy olgan she’rlardan biri “Nay kuylari” deb nomlangan va uni
Cho’lponga bag’ishlagan. Chindan ham, Cho’lponning nozik tuyg’u va kechinma
tasvirlangan qator she’rlarida nay sadolari mavjlanib turadi. Bu kabi o’tli sadolar
Oybekning qalbiga ham yaqin edi. Shuning uchun shoir 20-yillarga oid she’rlarida
cho’lponona mayin va nafis kechinmalarni tasvirladi.
153. Oybekning ilk dostoni qaysi?
“ Dilbar – davr qizi “ (1932 ) shoir qalamiga mansub ilk dostondir. Oybek
tarjimai holida bu doston to’g’risida so’z yuritib, unda O’zbekistonning inqilob
natijasida ozod bo’lgan yangi ayoli va to’la ozodlikka erishish yo’lida turgan qiyin
chiliklar to’g’risida, turmush sarqitlari to’g’risida fikr yuritishga harakat qilganini
aytadi.
Oktabrdan keyin sho’ro davlati tomonidan amalga oshirilgan ko’pgina
tadbirlar O’zbekistonni Rusiya sanoati xomashyo bazasiga, xalqini esa mehnat
quroliga aylantirib yubordi. Shu bilan birga, oktabr to’ntarishi O’zbekistonga yangi
hayot shabadasini olib kirdi. U ayniqsa xotin-qizlar taqdirida muayyan o’zgarish
yasadi. Oybek “ Dilbar – davr qizi “ dostonida musulmon olami uchun muhim ana
shu jarayonni Dilbar taqdiri misolida tasvirlab bera olgan. Bunda o’tmish zulmat
va vahshatning timsoli sifatida tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: