O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug’ildi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187
157. Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug’ildi? 
 
Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo’qon shahrida Ko’mir bozori 
mahallasida tug’ilgan. Uning otasi Abduqahhor temirchi usta bo’lgan. Yosh 
Abdullaning bolaligi Yaypan, Nursux, Qudash, Buvayda, Tolliq, Yulg’unzor, 
Olqor, Oqqo’rg’on kabi Qo’qon atrofidagi qishloqlarda kechdi. Og’ir hayot, davr
qiyinchiliklarini boshidan kechirgan adib oilasi sargardon bo’lib, qishloqma-
qishloq ko’chib yurgan. Lekin bu kunlar uning hayotida, taqdirida beiz qolmadi. 
Hayotning achchiq haqiqatini bezamay, bo’yamay yozish, kambag’al, bechora 
kishilarning dardi va taqdiriga cheksiz hamdardlik bo’lajak yozuvchi idrokiga shu 
bolalik yillari urug’ tashlagan bo’lsa ajabmas. Bolalikda boshdan kechirgan 
voqealar ko’p yillardan keyin “O’tmishdan ertaklar” qissasida yuksak mahorat 
bilan aks ettirildi. 
158. Abdulla Qahhorning o’qish yillari qanday kechdi? 


 
Abdulla o’n yoshga kirganda Buvaydadagi eski maktabga o’qishga kiradi, 
lekin ko’p o’tmay, oila Oqqo’rg’onga ko’chadi. Oqqo’rg’on maktabida Abdulla 
qo’qonlik Muhammadjon qorining qo’liga tushadi. Muhammadjon qori ilg’or 
fikrli odam edi. Uning maktabida bolalar ko’plab zamonaviy fanlarni o’qiganlar. 
Ayniqsa, shogirdlarida Sharq adabiyotiga qiziqish kuchli bo’lgan. Shu sababli 
yozuvchi umrining oxirigacha Sa’diy va Umar Xayyom, Hofiz va Bedil, Lutfiy 
va Navoiy, Bobur va Nodira asarlarini ko’p o’qidi, yod oldi, fikrini dalillashda
ulardan unumli foydalandi. 
Abdulla Qahhor 1919-1924-yillarda boshlang’ich maktabda , so’ng Qo’qon 
pedagogika texnikumida ta’lim oladi. Dastlabki mashqlari texnikumda chiqadigan 
“Bilim yurti” devoriy gazetasida e’lon qilinadi. 1923-yilda “Mushtum” jurnalida 
yozuvchining birinchi feletoni bosiladi. 1926-1929-yillarda O’rta Osiyo Davlat 
universitetining ishchilar fakultetida o’qiydi. 1930-yilda SAGU (hozirgi 
O’zbekiston Milliy universiteti) ning pedagogika fakultetiga kiradi. So’ng O’zR 
FA Til va adabiyot institutining aspiranturasida ikki yil tahsil ko’radi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin