155. Oybekning “Qutlug’ qon “ romanidagi qaysi qahramon Cho’lponning
“Kecha va kunduz” romanidagi Razzoq so’fi obrazini eslatadi?
“Qutlug’ qon” romanidagi Yormat obrazi kelib chiqishi, turmush tarzi va
sajiyasiga ko’ra, kambag’al xalq vakili. U 16 yil Mirzakarimboyga xizmat qiladi.
Yormat o’z qavmidan ajralgan, lekin boylar bilan qoni qo’shilmagan va shu
tufayli arosatda qolgan kishi. U Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidagi
Razzoq so’fi obrazini eslatadi. Yormatning ko’zi faqat Gulnorning o’limidan
keyingina ochiladi. Oybek Yormat timsolida XX asr boshlaridagi
ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyat taqozosi bilan manqurtlasha boshlagan kambag’al kishining
obrazini yaratgan.
MAVZU: ABDULLA QAHHOR
156. Abdulla Qahhor kim? Siz ijodkor haqida nimalar bilasiz?
XX asr o’zbek adabiyoti shuhratini O’rta Osiyoning
badiiy adabiyotga
chanqoq deyarli barcha davlatlarida hamda qator xorijiy mamlakatlarda taratgan
peshqadam vakillaridan biri Abdulla Qahhordir.
Abdulla Qahhor nasrning hikoya, qissa, roman, dramaturgiyaning komediya
hamda adabiy tanqidning esse (badea) janrlarida xalq qalbidan chuqur joy olgan
jozibali asarlar yaratdi. O’z vaqtida yozuvchining ko’plab asarlari Ovro’po va
Osiyo xalqlari tillariga tarjima qilingan. Shu tarzda, Abdulla Qahhor o’zbek
adabiyotining xalqaro miqyosda shuhrat qozonishida ham katta xizmat qildi.
Uning el-yurt oldidagi xizmatlari haqida gapirganda o’zbek adabiy tilining rivojiga
qo’shgan hissasini alohida ta’kidlash kerak.
Abdulla Qahhor mustabid tuzum paytida ham achchiq bo’lsa-da, to’g’ri
gapirishdan cho’chimagan va ayni paytda, shu tuzum yo’rig’iga tushishiga ham
to’g’ri kelgan, o’ziga xos ijodiy uslub maktabini yaratgan, biroq kezi kelganda
ilojsizlik va tazyiq tufayli ijodiy prinsiplariga o’zi istamagan holda tahrir kiritishga
majbur bo’lgan yozuvchilardan biridir.
Dostları ilə paylaş: