O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qahhor ijodi qaysi adabiyotshunoslar tomonidan ilmiy asosda



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187
 
162. Abdulla Qahhor ijodi qaysi adabiyotshunoslar tomonidan ilmiy asosda 
atroflicha o’rganilgan? 
 
Abdulla Qahhor ijodiga xos ko’pgina fazilatlar adabiyotshunoslar tomonidan 
ilmiy tahlil asosida ochib berilgan. I. Borolinaning “Abdulla Qahhor”, Hafiz
Abdusamatovning “Abdulla Qahhor”, Mashhura Sultonovaning “Abdulla Qahhor 
uslubi”, Matyoqub Qo’shjonov va Umarali Normatovning “Mahorat sirlari”, 
Matyoqub Qo’shjonovning “Abdulla Qahhor ijodida satira va yumor”, “Abdulla 
Qahhor mahorati ”Ozod Sharafiddinovning “Abdulla Qahhor” kabi bir qator 
monografiyalarini, shuningdek, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, 
Laziz Qayumov, Naim Karimov, Baxtiyor Nazarov, Sharif Yusupov, Ibrohim
Haqqul, Dilmurod Quronov, Rahmon Qo’chqorov, Xurshida Hamraqulova va 
boshqa olimlarning qahhorshunoslikka oid maqolalari shular jumlasidandir. 
Ularda A. Qahhor ijodining asosiy xususiyatlari, g’oyaviy-badiiy jihatlari, adibning 
so’z san’atiga qo’shgan beqiyos hissasi va uning adabiyotimiz tarixida tutgan o’rni 
ko’rsatilgan. 
163. Abdulla Qahhorning qaysi asarlari asossiz qoralangan? 
Shaxsga sig’inish va turg’unlik yillarida ayrim mualliflar tomonidan 
adibning “Sarob”, “Qo’shchinor”, “Tobutdan tovush” kabi asarlari teskari talqin 
etilib, asossiz qoralangan. Vaqt o’tishi bilan bu “xato”lar tuzatilib, adib shaxsi, 
sermahsul ijodi yon bosishu qoralash kabi tuyg’ularga berilmagan holda tekshirila 
boshladi. Ijodkor tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “Abdulla Qahhor”
(O. Sharafiddinov), “Abdulla Qahhor mahorati” (M. Qo’shjonov) nomli 
monografiyalar bu jihatdan alohida ahamiyatga ega. Har ikkala kitobda ham asosiy 
e’tibor asarlar badiiyatiga qaratilgan. 
164. Abdulla Qahhor qaysi janrda katta muvaffaqiyatlarga erishdi? 
 
 Abdulla Qahhor hikoya janrida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 30-yillarda 
o’zbek realistik hikoyachiligi ustalaridan biri sifatida tanilgan adib bu janrda 
qariyb 40 yil ijod qildi. A. Qahhor bir maqolasida: “Men hikoyachilikni juda 
yaxshi ko’raman va shu bilan birga, hamma vaqt qalamimning qayrog’i, deb 
qaraganman”
40
, - deb yozgan edi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin