O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187
 
171Abdulla Qahhorning “Og’riq tishlar” komediyasi haqida nimalar 
bilasiz? 
 
Abdulla Qahhor 1954-yilda “Og’riq tishlar” komediyasini yaratdi. Asar 
o’sha yilning o’zida Hamza nomidagi teatr sahnasida qo’yildi. Bu asar ham o’zbek 
dramaturgiyasi rivojida sezilarli iz qoldirdi. “Og’riq tishlar” – satirik komediya. 
Unda hayotdagi ba’zi eskilik qoldiqlari tanqid qilinadi.
Ma’lumki, xotin-qizlarga erkinlik berish, ularni jamiyatning teng huquqli 
a’zosi darajasiga ko’tarish XX asrning olamshumul masalalaridan biri bo’ldi. 
Xotin-qizlar masalasi Sharq mamlakatlarida – O’zbekistonda o’ziga xos shakllarda 
yanada keskinroq namoyon bo’ldi. Bizda xotin-qizlar ko’p hollarda rasman ozod 
edilar; ularning erkaklar bilan teng huquqliligi qonunlar va dasturlarda e’lon 
qilingandi, lekin amalda turli usulda bu huquqlar kamsitilar, ularga boy-feodallar-
cha munosabat davom etardi. Sho’ro zamonida xotin-qizlar ozod deb e’lon 
qilingan bo’lsalar-da, bu niqob ostida ular, ayniqsa, qishloq xo’jaligi sohasida 
shafqatsiz ezish ob’ektiga aylanib qolgan edilar. Adib Abdulla Qahhor o’z asarida 
shu jihatlarga e’tiborni qaratdi.
172. Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini aks ettiruvchi asari qanday 
nomlangan? 
Abdulla Qahhorning o’tmish mavzusida yozilgan ajoyib hikoyalari uning 
bolalik taassurotlariga asoslangan edi. Yozuvchining eng so’nggi asarlaridan 
bo’lgan “O’tmishdan ertaklar“ qissasi (asar 1965-yilda yozilgan) ham yoshlik – 
bolalik xotiralari hujjatlari asosida yozilgan. Bu materiallarga yozuvchining qirq 
yillik ijodiy tajribasi qo’shilgan. Ko’rgan, guvohi boi’gan voqealarni mahorat bilan 
xillaydi va ularni katta badiiy umumlashmalar darajasiga yetkazib tasvirlaydi. 
173. Abdulla Qahhorning ”O’tmishdan ertaklar“ asari qaysi janrda 
yozilgan? 


 
“O’tmishdan ertaklar” avtobiografik (xotiranoma) tarzidagi asardir, ya’ni 
yozuvchining o’z hayoti haqida yozgan asaridir, u asosan I shaxs tilidan yoziladi. 
Qissa asosida bolalik yillaridan to sho’ro to’ntarishidan keyingi ilk oylargacha 
Abdullajonning, ya’ni yozuvchining boshidan kechgan va o’zi guvoh bo’lgan 
voqea-hodisalar yotadi. Qissada sho’ro hukumati o’rnatilishidan avvalgi bir necha 
yil va yangi tuzumning dastlabki oylari mobaynida o’zbek xalqi hayotida kechgan 
o’ziga xos hodisalar bo’lajak adib nigohi orqali badiiy aks ettirilgan. Shu ma’noda, 
Abdullajonning o’zi – asatrning bosh va markaziy qahramoni. Boshqa qahramonlar 
uning ota-onalari, shaxsan o’zi va ular tanigan kishilardir. 
Qissaning shakli va tuzilishi o’ziga xosdir. U bir necha alohida-alohida, 
mustaqil hikoyalardan tashkil topgan. Ayni vaqtda, ularni bosh markaziy 
qahramonlar, g’oyaviy-badiiy maqsad yaxlitligi birlashtirib turadi.
Yozuvchi ba’zi adiblarga o’xshab, o’tmish ustiga bir hamla bilan boshdan-
oyoq qora bo’yoq tortmaydi, uni yomondan olib, yomonga solmaydi. Turmushni 
bor murakkabliklari, qiyinchiliklari, azob-uqubatlari-yu yorug’ kunlari, nurli 
havaslari bilan, qanday bo’lsa shundayligicha, xolis ravishda yorqin badiiy 
obrazlarda ko’rsata olgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin