O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qahhor qanday taxalluslarda ijod qilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   187
159. Abdulla Qahhor qanday taxalluslarda ijod qilgan? 
 
Abdulla Qahhor 1926-1927-yillardan gazeta va jurnallarda (“Qizil 
O’zbekiston”, “Yangi Farg’ona ”, “Mushtum”) faol qatnashib boradi. 
“Mushtum” jurnalida “Gulyor”,”Yalangoyoq”,”Norin shilpiq”,”Mavlono 
kufur”,”Nish” kabi taxalluslarda ijod qilgan. 
160. Abdulla Qahhorning ilk to’plami qachon va qanday nomdа chiqqan? 
Abdulla Qahhorning dunyo yuzini ko’rgan birinchi kitobi 1932-yilda bosilib 
chiqqan “ Qishloq hukm ostida” nomli kitobidir. O’sha vaqtda bu kitob adabiy 
hayotda sezilarli voqea bo’lgandi, tanqidchilik mazkur asarni iliq kutib oldi.
“Qishloq hukm ostida”qissasida kitobxon e’tiborini torta oladigan qahramon 
obrazi yaratilgan. Bu – O’tbosardir. U qizil armiya safida xizmat qilgan, sho’ro 
hukumatini mustahkamlashda jonbozlik ko’rsatgan. Armiyadan qaytib kelib, 
kolxozni tiklaydi, maktablar ochadi, madaniy-oqartuv ishlari bilan shug’ullanadi. 
Shuni aytish kerakki, bosh qahramon ochiqdan-ochiq ideallashtirilgan.
161. Abdulla Qahhorning adabiyot haqidagi qaysi fikrlarini ayta olasiz? 
 
Abdulla Qahhor jahon miqyosidagi ulkan yozuvchilarning mahorat sirlarini 
o’rgandi. O’z ijodiy tajribalaridan xulosalar chiqardi. Hayot va adabiyot, yozuvchi 
va qahramon muammolari haqida chuqur mulohaza yurituvchi ko’plab adabiy-
tanqidiy maqolalar, esse
39
lar yozdi. Adib ularda hayot va ijod, yozuvchi va 
kitobxon, iste’dod va ilhom, mahorat sirlari va ijodiy jarayon haqidagi fikrlarini 
bayon qildi. Ijodiy halollik va ma’naviy poklik singari ijodkor uchun muhim 
xislatlar haqidagi mulohazalarini aytgan. Mana, ulardan ayrim namunalar: 
“Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o’tin yorishga sarf qilish kerak
emas”,”Adabiyot – ko’ngil ishi, ilhom samarasi. Tuyg’siz, ilhomsiz yozilgan 
39
Esse fr. essai – tajriba, sinab ko’rish) – muallifning u yoki bu masala (muayyan voqea-hodisa, hayotiy holat va 
sh.k.) bo’yicha shaxsiy mulohazalari bayon qilinuvchi nasriy asar; adabiy janr.


asarlar changlanmagan gulga o’xshaydi – meva tugmaydi”, ”Adabiyot – hunar, 
uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin