O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 “ Ona, men qamalishdan qo’rqmayman, dordan ham, o’qdan ham



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   187
154. “ Ona, men qamalishdan qo’rqmayman, dordan ham, o’qdan ham 
qo’rqmayman.Turma! Bu dunyo turmadan yaxshimi? Olam zindondan 
qorohg’iroq, iflosroq emasmi? Hamma yoq qorong’i, hamma yoqdan zahar 
yog’iladi. Qachongacha zahar ichaman?!” Nutq kimning qaysi asari qahramoni
tilidan aytilgan? 
Bu nutq Oybekning “Qutlug’ qon“ romanidagi bosh qahramon Yo’lchi
tilidan aytilgan. Yo’lchi faqat o’zining taqdirdosh do’stlari bilan yolg’izlanib 
qoladi. Ularning barchasi sodda, oqko’ngil, mehnatsevar kishilar bo’lsa-da, na o’z 
mehnatlari bilan baxtsiz taqdirlarini o’zgartira oladilar, na birlashib, zulm 
saltanatini ag’dara oladilar. Ular tarixning boshi berk ko’chasiga kirib qolgan 
bechoralardir. 
Yo’lchi o’zi tushib qolgan ana shu holatni butun vujudi bilan sezib, Saodat 
kampirga qarata aytgan. 


155. Oybekning “Qutlug’ qon “ romanidagi qaysi qahramon Cho’lponning 
“Kecha va kunduz” romanidagi Razzoq so’fi obrazini eslatadi? 
 
“Qutlug’ qon” romanidagi Yormat obrazi kelib chiqishi, turmush tarzi va 
sajiyasiga ko’ra, kambag’al xalq vakili. U 16 yil Mirzakarimboyga xizmat qiladi. 
Yormat o’z qavmidan ajralgan, lekin boylar bilan qoni qo’shilmagan va shu 
tufayli arosatda qolgan kishi. U Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanidagi 
Razzoq so’fi obrazini eslatadi. Yormatning ko’zi faqat Gulnorning o’limidan 
keyingina ochiladi. Oybek Yormat timsolida XX asr boshlaridagi ijtimoiy-
iqtisodiy vaziyat taqozosi bilan manqurtlasha boshlagan kambag’al kishining 
obrazini yaratgan. 
MAVZU: ABDULLA QAHHOR 
 
156. Abdulla Qahhor kim? Siz ijodkor haqida nimalar bilasiz? 
 
XX asr o’zbek adabiyoti shuhratini O’rta Osiyoning badiiy adabiyotga 
chanqoq deyarli barcha davlatlarida hamda qator xorijiy mamlakatlarda taratgan
peshqadam vakillaridan biri Abdulla Qahhordir.
Abdulla Qahhor nasrning hikoya, qissa, roman, dramaturgiyaning komediya 
hamda adabiy tanqidning esse (badea) janrlarida xalq qalbidan chuqur joy olgan 
jozibali asarlar yaratdi. O’z vaqtida yozuvchining ko’plab asarlari Ovro’po va 
Osiyo xalqlari tillariga tarjima qilingan. Shu tarzda, Abdulla Qahhor o’zbek 
adabiyotining xalqaro miqyosda shuhrat qozonishida ham katta xizmat qildi. 
Uning el-yurt oldidagi xizmatlari haqida gapirganda o’zbek adabiy tilining rivojiga 
qo’shgan hissasini alohida ta’kidlash kerak. 
Abdulla Qahhor mustabid tuzum paytida ham achchiq bo’lsa-da, to’g’ri 
gapirishdan cho’chimagan va ayni paytda, shu tuzum yo’rig’iga tushishiga ham 
to’g’ri kelgan, o’ziga xos ijodiy uslub maktabini yaratgan, biroq kezi kelganda
ilojsizlik va tazyiq tufayli ijodiy prinsiplariga o’zi istamagan holda tahrir kiritishga
majbur bo’lgan yozuvchilardan biridir. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin