O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Romanning bosh qahramoni Siddiqjon bo’lib, unda O’zbekistondagi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187
176. Romanning bosh qahramoni Siddiqjon bo’lib, unda O’zbekistondagi 
kolxozlashtirish aks ettirilgan. Bu A. Qahhorning qaysi romani va unga 
qanday ayblar qo’yilgan? 
 
Bosh qahramoni Siddiqjon bo’lib, O’zbekistonimizdagi kolxozlashtirish 
jarayoni aks ettirilgan A. Qahhor asari “Qo’shchinor chiroqlari” romanidir. Roman 
1947-yilda “Qo’shchinor” nomi bilan kitob holida bosilib chiqqan. Adabiy 
tanqidchilik asarni sovuq kutib oladi, matbuotda keskin tanqidga uchraydi.” Unda 
sinfiy kurash ko’rsatilmagan. Siddiqjon harakatiga firqaviy faollik yetishmaydi…” 
kabi ayblar qo’yilgan.O’sha vaqtda yozuvchi tanqidchilikning ana shu talablarini 
hisobga olishi va ular asosida asarni qayta ishlashga majbur edi. 1951-yilda bir 
necha yillik umrini sarflab, romanni “Qo’shchinor chiroqlari” nomi bilan e’lon 
qiladi. Siddiqjon Zunnunxo’janing qizi Sharofatga uylanib, ichkuyov bo’ladi. 
Zunnunxo’janing asl maqsadi yomon bo’ladi. Buni Siddiqjon keyin tushunadi, 
biroq kech edi.Oilasi o’rtasidagi katta farqni sezgach, u yerdan chiqib ketadi va 
“Qo’shchinor” jamoa xo’jaligida ishlay boshlaydi.Romanda O’rmonjon, Bo’taboy, 
Kanizak, Ziyoda kabi yana ko’plab obrazlar bor.
 
177. Qayta ishlangan “Qo’shchinor chiroqlari” asariga jamoatchilik va 
yozuvchining o’zi qanday munosabatda bo’lgan? 
50- yillardagi adabiy tanqidchilik “Qo’shchinor chiroqlari” asariga katta 
baho berdi. 1951-yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek adabiyoti va san’ati dekadasi 
kunlarida bu roman rus tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi. Lekin yozuvchi 
Abdulla Qahhorning asardan ko’ngli to’lgan emas. Roman haqida gapira turib: “… 
uni roman degani ham til bormaydi, chunki romanning uchdan ikki qismida bosh 
qahramon ishtirok etmaydi”,-degan.
Aslida, romanning yangi nusxasi ham har jihatdan mukammal, benuqson 
asar bo’lmadi, zamonlar o’tishi bilan asarda realistik prinsiplardan sezilarli chetlab 
o’tish hollari ma’lum bo’lib qoldi. Umrining ko’proq qismini qishloqda o’tkazgan 
yozuvchining o’zi kolxoz nima ekanini, kolxozlashtirish odamlarga qanday fojia 
keltirganini, kolxoz dehqon mehnatini surbetlarcha o’zlashtirib, o’zini asoratda 
saqlashga imkon beradigan bir dardi bedavo bo’yinturuq ekanini juda yaxshi bilar 
edi. Lekin bular haqida ro’y-rost yozolmasdi…

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin