O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Qahhor qaysi asarlarni tarjima qilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   187
185. Abdulla Qahhor qaysi asarlarni tarjima qilgan? 
“Kapitan qizi” (Pushkin), “Mening universitetlarim” (M.Gorkiy),”Revizor”, 
“Uylanish”, “Taras Bulba” (Gogol ), ”Urush va tinchlik” (Tolstoy, 1–2-qismlari), 
“Niqob”, “Yovuz niyatli kishi”, “Lozim choralar”, “Unter Prishiboyev”, “Semiz va 
oriq”, “Xameleon”, “Chinovnikning o’limi”(A. Chexov), “Tog’ oraliqlari” (I. Le), 
“Olovli ot” (F. Gladkov), “Gidrosentral”(M. Shaginyan), “Lyubov Yarovaya” kabi 
ko’plab asarlar Abdulla Qahhor tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. 
186. Hammaga gumonsirab qaraydigan Mulla Norqo’zi obrazi qaysi hikoya-
ning qahramoni hisoblanadi? 
Abdulla Qahhorning

Mayiz yemagan xotin” hikoyasidagi Mulla Norqo’zi 
hammaga gumonsirab qaraydi, ular haqida kurakda turmaydigan g’iybat gaplarni 
tarqatishdan or qilmaydi, zamondagi o’zgarishlarni ko’rolmaydi. O’z xotinini 
farishta bilib, boshqa xotinlarni buzuqlikda ayblaydi. Oxir-oqibatda o’zining xotini 
Norqo’zini el oldida sharmanda qiladi. 
187. Yozuvchi Abdulla Qahhor urush yillarida qanday hikoyalar yozdi? 
 
Adabiyotimizda “kichik hikoyalar ustasi” sifatida mashhur bo’lgan 
Abdulla Qahhor “Ko’k konvert”,”Xotinlar”,”Kampirlar sim qoqdi”,” Asror 
bobo”,”Oltin yulduz”,”Sep”,”Qizil konvert”, “Botirali” kabi qator hikoyalarni 
urush yillarida yaratgan, ularda front ortidagi kishilarning chidami, irodasi, mehru 
oqibatini jonli timsollar vositasida mahorat bilan tasvirlab bergan. Bu 
hikoyalarning mavzu va g’oyasigina emas,balki shakli-kompozitsiyasi ham davr 
ruhiga muvofiqdir. Mazkur hikoyalarda xat shakliga bir necha bor murojaat 
qilingan. Hikoya kompozitsiyasi jangchining o’z yoriga yoki qizning frontdagi 
yigitiga yo’llagan xati asosiga quril-gan. Bu asarlarda yozuvchi voqeadan voqea 
chiqarish yo’li bilan ixcham sujet yaratadi: hayot haqiqatini ta’sirli qilib ochib 
beradi.
Adib “Botirali”,“Ko’k konvert”, “Qizil konvert” hikoyalarida bosqinchilarga 
qarshi mardona jang qilgan oddiy o’zbek askarlari obrazini yaratdi. “Asror bobo”, 
“Xotinlar”,“Sep”hikoyalarida esa front orqasidagi fidokor kishilar obrazini yaratdi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin