O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   187
188. Abdulla Qahhorning  ”Sarob” romani qachon yozilgan va qahramonlari 
kimlar? 
 
Abdulla Qahhorning hukmron mafkura ta’siri kuchli bo’lgan va hozirgi 
paytda alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab etadigan asari 
“Sarob” romanidir. Roman 1934 –yilda yozilgan bo’lib, ulkan mafkuraviy 
muammoning badiiy talqiniga bag’ishlangan.


Adib asarda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi “millatchilar” deb 
atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o’z g’oya va orzularini amalga oshirolmay 
inqirozga yuz tutishi jarayonini badiiy gavdalantirdi. Mavjud tuzumga, uning 
siyosatiga qarshi bildirilgan fikrlar deyarli yetmish besh yil davomida – Sho’ro va 
komfirqa barbod bo’lguncha – burjua mafkurasi, dushman harakat sifatida o’zining 
bahosini olib keldi.
Abdulla Qahhor “Sarob” romanida asarning bosh qahramoni Rahimjon 
Saidiy, uning hammaslaklari, shahar maorif bo’limining mudiri Salimxon, 
adabiyotshunos Abbosxon, Murodxo’ja domla, tergovchi Mirza Muhiddin, go’zal, 
lekin baxtsiz qiz Munisxon, befarosat va sovuq kelin Soraxon, jurnalist Yoqubjon, 
savdogar Muxtorxon singari obrazlar yaratilib, bu obrazlar orqali sho’roga qarshi 
olib borilgan maxfiy kurashni badiiy tarzda gavdalantirdi. Asarda bu kurash xalqqa 
qarshi, adolat va hayot taraqqiyotining bosh yo’liga qarshi harakat sifatida talqin 
etildi. Saidiylar yo’li halokat yo’lidir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan 
ro’yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarildi. Bu yo’lning nihoyasi fojiadir, 
deb uni batamom inkor etish va fosh qilish asarning tub g’oyasini tashkil etadi. 
189. Abdulla Qahhorning “Sarob” romanidagi qaysi qahramon xudbinlik 
qurboniga aylanadi? 
 
“Sarob” romanidagi Saidiy xudbinlik qurboni bo’ladi. U asli badavlat oilada 
tarbiya topgan. Xudbinlik va shaxsiyatparastlik Saidiyda o’qishga ham, do’stlariga 
ham, atrofdagi hayotga ham loqaydlik tug’diradi va uni hayotda biron katta 
maqsaddan, olijanob ezgu niyatdan mahrum qilib qo’yadi. Faqat Munisxonni sevib 
qolganidan keyingina unda muayyan niyat paydo bo’ladi, hayot ma’no kasb 
etganday bo’ladi. U nima qilib bo’lsa ham Munisxonga munosib bo’lishga, uning 
ko’nglidan o’rin olishga, unga erishishga intiladi. Bunga esa “olamshumul” adib 
bo’lib, ko’p pul topadigan, sevgisining har qanday istagini bajo keltira biladigan 
boyvachcha bo’lib erishish mumkin. Shundan so’ng olamga mashhur adib bo’lish 
istagi uning barcha xatti-harakatiga yo’nalish beradi, biroq bundan naf chiqmaydi. 
Bu Saidiyning hayotdan, muhitdan noroziligini kuchaytiradi. Shunday vaziyatda 
Saidiy Salimxon va Abbosxonlar qo’liga tushadi. Ular Saidiyning xudbinligidan 
ustalik bilan foydalanadilar. 
Saidiyning xomxayollari real hayot bilan to’qnashuvda chilparchin bo’ladi, u 
shunchaki oddiy, xashaki yozuvchiga aylanadi, hatto birovlarning qalam haqini 
o’g’irlab kun ko’ra boshlaydi. O’zini osmonda bilib yurgan Saidiyning chinakam 
bahosini Ehson beradi: “Bilishimcha, talanti shiradan tozalangan Rahimjon hozir 
shalag’i chiqqan aravaday Murodxo’ja domlaning tomorqasida ag’anab yotibdi”.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin