O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


hukumatini dil-dilidan yomon ko’radi, uni tezda yemirilishini istaydi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187
hukumatini dil-dilidan yomon ko’radi, uni tezda yemirilishini istaydi? 
Abdulla Qahhorning “Sarob” romanidagi Murodxo’ja domla sho’ro 
hukumatini dil-dilidan yomon ko’radi, uni tezda tag-tugi bilan yemirishni istaydi. 
Murodxo’ja domla o’zini siyosiy arbob qilib ko’rsatishga urinsa-da, aslida mol-
mulkidan, boyligidan ayrilib qolmaslik uchun jon-jahdi bilan kurashadigan udda-
buron va hiylakor shaxs. U juda makkorlik bilan Saidiy uchun o’rgimchak 
uyasidek tuzoq to’qiydi, domiga ilintirgach, so’nggi tomchisigacha Saidiyning 
shirasini so’rib oladi. Boyligi uchun yolg’iz qizini unga beradi. Saidiyning omadi 
ketib, puli qolmaganda, qizini undan ajratib oladi. 
193. Ehson, Kenja, Shafrin kabi obrazlar Abdulla Qahhorning qaysi asarida 
uchraydi?
Abdulla Qahhorning “Sarob” romanida Ehson, Kenja, Shafrin kabi ijobiy 
obrazlar ham bor, ammo ular asarda ikkinchi o’rinda turadi. Yozuvchi butun 
e’tiborini Saidiy obrazi tasviriga qaratgan, natijada bu personajlar ancha tussiz 
chiqqan, ya’ni mustaqil xarakter darajasiga ko’tarila olmagan. Shunday bo’lsa-da, 
bu obrazlar bosh obraz xarakter qirralarini to’laroq ochishga xizmat qilgan, deb 
ayta olamiz.
194. Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasida qanday g’oya yetakchilik
qiladi? 
Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasida insoniy haq-huquqlari toptalgan 
ayolning o’z erki, qadri uchun isyoni ko’rsatilgan. Hikoyaning bosh qahramoni – 
Unsin. U taqdir taqozosi, qismat yo’rig’i tufayli Olimjon dodxohga o’zigacha bo’l-
gan yeti xotinning kenjasi bo’lib tushgan. U eriga sevimli va erka bo’lib, taqdirda 


bori shu ekan-da, deb yashayverishi mumkin edi. Biroq, Unsinning “O’g’ri”dagi 
Qobil bobo, “Anor”dagi Turobjon, “Bemor”dagi Sotiboldidan farqi shuki, u o’z 
salaflariga o’xshab mutelik asirasi va jaholat qurboni bo’lib yashashni istamaydi.
Unsin o’z taqdirini o’zgartirmoq, o’zi tug’ilib o’sgan uyiga qaytib ketmoq 
istagida tanho isyon ko’taradi. Bu yozuvchining “topshirig’i” bilan bajarilayotgan 
sun’iy bosh ko’tarish emas, xarakterning badiiy mantig’idan kelib chiqqan iymon 
isyoni, erk va qalb isyonidir. 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin