demak, u biz uchun yotdir, degan xulosa faqat maqola mualliflarining emas, balki
aslida davr mafkurasi va siyosatining xulosasi edi.
203. Tanqiddan so’ng yozuvchi o’z asariga qanday munosabatda bo’ldi?
Tanqiddan so’ng asar yozuvchi Abdulla Qahhor tomonidan birmuncha qayta
ishlandi va “So’nggi nusxalar” nomi bilan sahnalashtirildi. Komediyada endi
(nomida urg’u qilinganidek) Suxsurovga o’xshash kishilar tugab borayotibdi, lekin
ular jamiyatdagi so’nggi nusxalar bo’lib, harqalay yo’q emas, demak ularga qarshi
kurashmoq kerak, degan fikr ilgari surilayotgandek bo’lsa-da, unda dastlabki asl
maqsad va ruh saqlab qolindi. Bu yozuvchining jiddiy yutug’i edi.
Mavzu: MAQSUD SHAYXZODA
204. Qaysi shoir poeziyasida Sharq klassiklari bilan Ovro’po shoirlarining
an’analari uyg’unlashib ketgan?
Maqsud Shayxzoda o’zbek adabiyoti rivojida salmoqli o’ringa ega yirik
so’z san’atkoridir.Uning ijodi kommunistik mafkura hukmronligi avjga mingan
yillarda kechdi. Shuning uchun boshqa ko’pgina sho’ro ijodkorlari
kabi uning
asarlarida ham zamonasozlik, siyosatga moslashish va unga xizmat qilish mayli
ancha kuchli bo’lgan. Biroq shunga qaramay, uning eng yaxshi asarlarida
insonning ma’naviy dunyosi, qalbi, o’ylari, orzu-istaklari o’ziga xos tarzda –
publisistik ko’tarinkilik bilan, original poetik obrazlar, chuqur falsafiy
umumlashmalar orqali ochib berilgan. Shayxzoda o’z davrining eng bilimdon,
donishmand odamlaridan biri edi – uning
poeziyasida Sharq klassiklari bilan
Ovro’po shoirlarining an’analari uyg’unlashib ketgan.
Dostları ilə paylaş: