Ba’zan zamon yilni yilga hech ulamadi.
Sahrolarga duch keldimki, na irmoq, na ko’l,
Surgunlarga yuborildim, na ufq, na yo’l.
Yuqoridagi misralar muallifi o’z yurtidan quvg’in qilingan shoir Maqsud
Shayxzodadir. U nohaq qamaladi. 1928-yilda Toshkentga keladi va umrining
oxiriga qadar shu yerda yashab qoladi. Sho’ro hukumati shoirni O’zbekistonda
ham ta’qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo’q. 50-yillar boshida uni asossiz
ravishda qamoqqa oladi va 25 yilga surgun qiladi. Shaxsga sig’inish fosh
etilgandan keyingina O’zbekistonga qaytadi. Shoir “tole’ doim erkalaganiga”
qaramay, umri oxirigacha o’zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat
ko’rsatadi.
207. Maqsud Shayxzoda o’zi haqida qanday fikrlarni bildirib o’tgan?
Maqsud Shayxzoda o’zi haqida:”
… men “yoshi kattalar” deb atalgan
shoirlar avlodiga mansubman. Bu avlod yigirmanchi yillarning romantik havosida
qad ko’targan, o’ttizinchi yillarning qurilish ma’rakasida pishiqqan, qirqinchi
yillarning jang sinovida suyagi qotgan va elliginchi yillarning tinch muhitida
faollik ko’rsatgan avloddir”, – degan?
Dostları ilə paylaş: