Dramaturg Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddi Manguberdi” dramasi dastlab
Bokuda ozarbayjon tilida ikki jildlik saylanmasida bosib chiqariladi. Afsuski, shoir
bu asarning chop etilganini ko’rmay olamdan o’tib ketadi. O’zbek tilida esa, hatto
70-yillarning boshida Shayxzodaning 60 yillik tavalludi munosabati bilan nashr
etilgan 6 jildli asarlar to’plamiga ham bu asar kiritilmagan. Asar birinchi marta
o’zbek tilida 1988-yilda Shayxzodaning “Boqiy dunyo“ degan
kitobida bosib
chiqarildi.
227. “Jaloliddin Manguberdi” dramasi nima haqida?
Shoir va dramaturg Maqsud Shayxzodaning besh pardali “Jaloliddin
Manguberdi” tarixiy-romantik dramasi Vatanimizning olis tarixiga bag’ishlangan
bo’lib, undagi voqealar XIII asrning birinchi choragida – mo’g’ullar O’rta
Osiyoga bostirib kirgan kezlarda bo’lib o’tadi.
Dostları ilə paylaş: