Urushdan keyingi yillarda Shayxzoda zo’r orzu-umidlar bilan ijod qilishga
kirishdi. Urush tugaganda shoir 38 yoshga qadam qo’ygan, balog’at pallasining
bo’sag’asida edi. U hayotda katta tajriba orttirgan, uning issiq-sovuqlarini boshidan
kechirgan, adabiyotning mohiyatini, shoirlik mohiyatini chuqur tushunib yetgan,
ijod sirlarini puxta egallab olgan edi. Urushdan keyingi yillarda shoir juda faol ijod
etdi va qisqa muddatda “O’n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”,
“Shu’la” kabi ko’plab she’riy to’plamlarni e’lon qildi. Ammo sho’ro tuzumi shoir
Shayxzoda
uchun bemalol ijod etishga, o’sib-ulg’ayishga sharoit yaratib berishdan
uzoq edi.
Dostları ilə paylaş: