Ha, Vatan so’zining cheki bepoyon.
Bu yerda tug’ilgan, yashagan, o’lgan,
Yaratgan, ishlagan, kurashgan inson.
Vatan mehri bilan o’z qadrin bilgan
Vatansiz kimsalar darvish deyilgan.
223. Shayxzodaning ”Jaloliddin Manguberdi” dramasi qachon yozilgan?
Maqsud Shayxzoda ko’pqirrali
iste’dod sohibi bo’lgan. Ijodkor she’rlar va
dostonlar bilan birga, yuksak badiiy quvvatga ega bo’lgan dramalar ham yaratdi.
Shayxzoda umrining so’ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan
“Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham uning “Jaloliddin Manguberdi” va
“Mirzo Ulug’bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib
qolgan.
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1944-yilda yozilgan. 1945-yili Hamza
nomidagi O’zbek davlat drama teatrining sahnasida namoyish qilingan.
224. Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi”dramasidagi asosiy rollarni
kimlar ijro etgan edi?
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1945-yili Hamza nomidagi O’zbek davlat
drama teatrining sahnasida namoyish qilingan. Spektakl chindan ham o’sha kezlari
yirik san’at bayramiga aylanib ketgan edi. Dramaning o’zi yorqin romantik
bo’yoqlarga boy edi, bosh rollarni ijro etgan xalqimizning mashhur artistlari
Shukur Burhonov, Olim Xo’jayev, Amin Turdiyev, Sayfiqori Olimov, Shohida
Ma’zumovalar benihoya zo’r ko’tarinkilik bilan o’ynab, asarning joziba kuchini
yanada oshirgan edilar.
Dostları ilə paylaş: