O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 “Toshkentnoma” dostonining o’ziga xosligi nimada deb o’ylaysiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187
222. “Toshkentnoma” dostonining o’ziga xosligi nimada deb o’ylaysiz? 
Dostonda shoir Maqsud Shayxzoda iste’dodining yangi qirralari, o’zbek 
she’riyatining cheksiz imkoniyatlari namoyon bo’lgan, deb ayta olamiz. 
“Toshkentnoma” dostoni sermazmun poetik fikrlarga, falsafiy xulosalarga 
boy, unda hikmatli so’z – aforizm darajasiga ko’tarilgan baytlar, quyma misralar 
ko’p. Shoir Vatan tushunchasining mazmuni va mohiyati haqida fikr yuritib, 
yorqin falsafiy-badiiy umumlashma yarata olgan: 
 
 
Vatanning ma’nosi ulug’vor, ulkan, 


 
 
Ha, Vatan so’zining cheki bepoyon. 
 
 
Bu yerda tug’ilgan, yashagan, o’lgan, 
 
 
Yaratgan, ishlagan, kurashgan inson. 
 
 
Vatan mehri bilan o’z qadrin bilgan 
 
 
Vatansiz kimsalar darvish deyilgan. 
 
223. Shayxzodaning ”Jaloliddin Manguberdi” dramasi qachon yozilgan? 
 
Maqsud Shayxzoda ko’pqirrali iste’dod sohibi bo’lgan. Ijodkor she’rlar va 
dostonlar bilan birga, yuksak badiiy quvvatga ega bo’lgan dramalar ham yaratdi. 
Shayxzoda umrining so’ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan 
“Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham uning “Jaloliddin Manguberdi” va 
“Mirzo Ulug’bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib 
qolgan.  
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1944-yilda yozilgan. 1945-yili Hamza 
nomidagi O’zbek davlat drama teatrining sahnasida namoyish qilingan. 
224. Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi”dramasidagi asosiy rollarni
kimlar ijro etgan edi? 
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1945-yili Hamza nomidagi O’zbek davlat 
drama teatrining sahnasida namoyish qilingan. Spektakl chindan ham o’sha kezlari 
yirik san’at bayramiga aylanib ketgan edi. Dramaning o’zi yorqin romantik 
bo’yoqlarga boy edi, bosh rollarni ijro etgan xalqimizning mashhur artistlari 
Shukur Burhonov, Olim Xo’jayev, Amin Turdiyev, Sayfiqori Olimov, Shohida 
Ma’zumovalar benihoya zo’r ko’tarinkilik bilan o’ynab, asarning joziba kuchini 
yanada oshirgan edilar. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin