218. Shayxzoda ijodining so’nggi bosqichida qaysi asarlarini e’lon qildi? Shayxzoda 1956-1966 –yillar mobaynida “Chorak asr devoni” nomi bilan
tanlangan asarlarini, ”Toshkentnoma” dostonini,” Yillar va yo’llar”,”Xiyobon”
to’plamlarini e’lon qildi. ”Dunyo boqiy” turkumi adabiyotimizda katta voqea
bo’ldi. Bularning bari Shayxzoda ijodining so’nggi bosqichi ancha barakali
bo’lganidan, shoir xalqning o’sib borayotgan estetik ehtiyojlarini yorqin asarlar
bilan javob berishga intilganidan dalolat berardi.
219. Shayxzodaning 1956-1966 -yillar orasida yozgan she’rlarining ko’zga ko’ringan asosiy nuqsonlari nimada deb o’ylaysiz? Shoir Shayxzodaning 1956-1966-yillar mobaynida yaratgan she’rlaridagi
eng katta nuqson shundan iboratki, ularda ritorika, bayonchilik, va’zxonlik va
madh ancha keng o’rin tutadi. Shoir chinakam lirik tuyg’ularni, ichki hislarni,
to’lqinli hayajonlarni, yorqin fikrlarni ifodalash o’rniga ko’pincha hammaga yod
bo’lgan fikrlardan, o’ylashga, his qilishga undamaydigan siyqa obrazlardan
foydalanadi. Oqibatda chinakam lirika, haqiqiy poetik asar o’rniga quruq madhiya,
yuzaki tasvir paydo bo’ladi. “O’zbek dengiziga” she’rida shunday misralar bor:
Qatrasi ochadi gulning yuzini, Uning bir yutumi qushlarga qanot. Uning ariqlari bog’ga jon berar, Uning kanallari – dashtlarga hayot. Bunday she’rlarni realistik asarlar deb baholash qiyin. Urushdan keyingi
yillarda Shayxzoda she’riyatida ayni bir xil tasvir vositalaridan haddan tashqari
ko’p foydalaniladi, yangi obrazlar va chuqur fikrlar kashf etish ustida chin dildan
ishlamaydi, o’z ijodiga nisbatan talabchanlikni ancha bo’shashtiradi. Yorqin sabab
she’riyatda quruq tantanabozlik, va’zxonlikka keng yo’l ochilganida ko’rinadi.
Shoir buni yaxshi tushunardi, shuning uchun ham 1956-yildan keyin ijodiga
bir muncha tanqidiy nuqtai nazardan yondasha boshladi. Keyingi asarlarida uning
serhayajin, to’lqinli ovozi, ehtirosli qalbi yorqin ko’rina boshladi.