hamda pedagogik faoliyatini qayta tikladi va umrining oxirigacha Nizomiy nomli
Toshkent davlat pedagogika institutida (hozirgi pedagogika universitetida) o’zbek
adabiyotidan dars berdi. Shayxzoda adabiyotshunos olim sifatida adabiyotning
muhim masalalariga bag’ishlangan o’nlab tadqiqotlar, maqolalar e’lon qildi.
213. ”G’azal mulkining sultoni” degan tadqiqot kimniki?
Maqsud Shayxzoda buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning badiiy
mahoratiga bag’ishlangan turkum maqolalar yozgan. “Genial shoir”, “Navoiyning
lirik qahramoni”, “Alisher Navoiyning poetik mahorati” kabi ilmiy asarlari shular
qatoriga kiradi. 1958-yilda “Alisher Navoiyning lirik qahramoni” mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olim vafotidan sal avval kasalxonada
yozib tugatgan “
G’azal mulkining sultoni” degan tadqiqot navoiyshunoslik ilmida
bebaho durdonalardan bo’lib qoldi. Hozir ham deyarli barcha adabiyotshunos olim
va Alisher Navoiy ixlosmandlar shoirni e’zozlab, “
G’azal mulkining sultoni”
iborasini tilga olishadi.
214. M. Shayxzoda badiiy ijod haqida qanday fikrlarni aytgan?
M. Shayxzoda shoir va dramaturg sifatida emas, balki adabiyotshunos olim
sifatida ham mashhur bo’lgan. Ko’plab ilmiy asarlar yozgan. Jumladan, olim
badiiy ijod mashaqqqati haqida shunday deydi: “
Inson ruhini tarbiyalash, odamda
yaxshilik unsurlarini ko’paytirish hamda go’zallik va nafosat tuyg’usini yanada
baland darajaga ko’tarish san’atning muqaddas vazifasidir “.
Dostları ilə paylaş: