251. Hamid Olimjon qachon va qayerda, kimlar qo’lida tahsil ko’rdi?
Hamid Olimjon 1923-yili Jizzaxdagi to’liqsiz o’rta maktabni tugatib,
Samarqanddagi o’zbek bilim yurtida o’qidi. S.Ayniy, A.Shakuriy, Hoji Muin, V.
L.Vyatkin singari mashhur allomalardan saboq oldi. Tezda o’zining
imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, she’rlar yoza boshladi. 1928 –yili bitirib,
O’zbekiston oliy pedagogika institutida o’qishni davom ettirdi.
252. Hamid Olimjonning ilk to’plami qachon va qanday nomda e’lon qilindi?
Hamid Olimjon talabalik chog’idayoq ko’plab she’rlar muallifi edi. 1928-
1930-yillarda Samarqanddagi pedakademiyada (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand davlat universiteti) Uyg’un, Oydin,
Mirtemir, Jalol Ikromiy kabi
ijodkorlar bilan o’qidi, ular bilan tanishdi. Bu adabiy muhit Hamid Olimjonning
ijodiy takomilida katta rol o’ynadi. 1929 –yilda “Ko’klam “ nomli ilk she’rlar
to’plami talabalik chog’larining mahsuli bo’lib, u adabiyotga iste’dodli bir
shoirning kirib kelayotganidan dalolat edi.
Dostları ilə paylaş: