sekin ichdan zil keta boshladi. Millionlab kishilar quvg’inga uchradi, Sibirning
abadiy muzliklarida qolib ketdi. Ammo bunday dahshatli voqealarga qaramasdan,
Hamid Olimjon singari shoirlarning sotsialistik ideal nuqtai nazaridan hayotni aks
ettirganliklarini to’la qoralab bo’lmaydi. Ular, birinchidan, partiya olib borgan
siyosat natijasida mamlakat sotsialistik taraqqiyotning yangi bosqichiga erishuviga
astoydil ishongan edilar. Ikkinchidan, bunday ishonch uchun ozmi-ko’pmi asos
ham bor edi. Ana shunday asoslardan biri sotsialistik o’zgarishning dastlabki ijobiy
samaralari bo’lsa, ikkinchi va eng muhimi, “
ulug’ ishlar”ga shaylangan “
yangi
inson”ning tug’ilishi edi
49
.
Hamid Olimjon “Baxtlar vodiysi”da ana shu insonni katta e’tibor bilan
kuzatadi. “
Tong pallasi havas bilan dalaga oqqan, … ketmonlari kun tig’ida
yarqirab boqqan, g’o’zalari o’sib, gullab, ko’saklar taqqan” shu inson yangi hayot
kurtaklarining gullab-yashnashiga garovdek edi. Shuning uchun ham shoir bu va
boshqa asarlarida shu “
yangi qahramon”ning tug’ilishini mehr bilan kuzatadi va
tasvirlaydi. She’r badiiy tasvir vositalariga boy, o’quvchining estetik zavqini
oshiradi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, “Baxtlar vodiysi” she’ri erkin vaznda
yozilgan.
Dostları ilə paylaş: