O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Hamid Olimjonning ”Semurg’ yoki Parizod va Bunyod” ertagi qachon



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187
263. Hamid Olimjonning ”Semurg’ yoki Parizod va Bunyod” ertagi qachon 
yozilgan va uning “Oygul bilan Baxtiyor” ertagidan farqli jihatlari nimada 
ko’rinadi? 
 
Hamid Olimjon tomonidan 1939-yilda yozilgan bu dostonda ilon, semurg’, 
dev kabi afsonaviy obrazlar ham harakat qiladi. Lekin xalq ertaklarida xonzodalar 


turli iqlimlardan kelgan oshiqlar oldiga o’z shartlarini qo’ysalar va g’olibga 
turmushga chiqsalar, bu dostonda Parizod g’olib cho’pon Bunyodga tegmaydi: 
Qancha botir bo’lsang ham, 
Zo’r bahodir bo’lsang ham, 
To’shaging xas, deb bildim, 
Aslingni past , deb bildim… 
 
264. Hamid Olimjonning qaysi asari qahramonning laqabi bilan nomlangan? 
Hamid Olimjonning “ Muqanna” dramasi urush yillari davrida, ya’ni 1942-
yilda yozilgan. Muqanna “niqobli kishi” demakdir. Asar bosh qahramoni Muqanna
uning asl ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, “niqobli kishi” uning laqabidir.
265. Muqanna asli kim bo’lgan? 
Muqanna marvlik bo’lib, Abo Muslim huzurida otasi singari sarhang 
lavozimida xizmat qilgan. Narshaxiyning aytishicha, u keng bilimli, turli fanlar va 
“sirli san’atlar “dan xabardor kishi bo’lgan. U o’z atrofiga xalq ommasini to’plash 
va uning muhabbatini qozonish niyatida har xil da’volar qilgan. 
Tarixiy manbalar Muqannaning yuzida doimo niqob bo’lganligi haqida 
ma’lumot beradi. Uning yuzini birortakishining ko’rganligi haqida hech bir so’z 
yo’q. Shu dalilning o’ziyoq Hamid Olimjonning asarni romantic fojia tarzida 
yozgani bejiz emas. Uning romantic tasvir uslubi esa asarda tasvirlangan barcha 
voqealarga o’zgacha bir ruh, o’zgacha bir nafosat bag’ishlagan. 
266. Hamid Olimjon ”Muqanna” asarini yozishda kimning ta’siri bo’lgan?
Taniqli adabiyotshunos Sarvar Azimovning guvohlik berishicha, H.Olimjon 
pedakademiyada tahsil ko’rgan davridayoq mashhur yozuvchi Sadriddin Ayniydan 
ta’sirlangan. Shoir Muqanna qo’zg’oloni bilan qiziqib, o’zbek xalqi tarixining bu 
qahramonona sahifasini qunt bilan o’rgangan. 1937-yili esa Muqanna harakatiga 
bag’ishlanhan dramatik asar yozishga kirishib, hatto uning birinchi pardasini yozib 
tugatgan. Lekin hali adabiy tajribaning yetishmasligi sababli Hamid Olimjon 
o’zining bu ijodiy niyatini oxiriga yetkazolmagan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin