Milliy ozodlik uchun kurash mavzuiga bag’ishlangan Hamid Olimjonning
“Muqanna” dramasida sevgi masalalari keyingi o’rinda turadi. Shoir Muqanna
qo’zg’olonining kelib chiqishi, avj olishi va mag’lubiyatga uchrashi sabablarini
ko’rsatish uchun qahramonlar silsilasini to’g’ri tanlay bilgan. Bu qahramonlar
orasida arab lashkarboshilari ham, xo’jalar va ularning qullari ham, dehqonlar ham
bor. Ana shu rang-barang qahramonlar qatorida Feruzning qullari – Otash, xotini
Gulobod, qizi Guloyin alohida mavqega ega. Bu kichik oila xalq vakillari sifatida
tasvirlangan. Asar davomida Muqanna va Guloyin o’rtasida muhabbat paydo
bo’ladi.
269. Guloyin obrazi qaysi asarda uchraydi?
Guloyin obrazi Hamid Olimjonning “Muqanna” dramasida uchraydi.
Guloyin xalqni hurriyat sari yetaklayotgan rahnamo bo’lganligi uchun ham
Muqannani yurakdan sevadi. Guloyin Muqanna tarafdorlari safidan o’rin olar
ekan, o’zi ham To’maris va Shiroq singari otashqalb jangchiga aylanadi. Shu
tarzda, sevgi munosabatlari asardan qonuniy o’rinni egallab, Muqannaning kuchiga
kuch qo’shadi.
270. Hamid Olimjonning ”Muqanna“ dramasida konflikt qanday asosda
qurilgan?
Asar konflikti hayotiy haqiqatga mos. Konflikt Muqanna, Otash, Gulobod,
Guloyin, G’irdak kabi mahalliy xalq vakillari bilan arab qo’shini qo’mondoni
Saidbattolarab ruhoniysi Jaloyir, qul xo’jasi Feruz singari shaxslar o’rtasidagi
hayot-mamot kurashi asosiga qurilgan.
Dostları ilə paylaş: