O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Men o’zbek xalqi nomidan so’zlayman” asari qachon va qanday



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   187
275. ”Men o’zbek xalqi nomidan so’zlayman” asari qachon va qanday 
maqsadda yozilgan? Qaysi asarida aytgan? 
Hamid Olimjonning “Men o’zbek xalqi nomidan so’zlayman” nomli asari 
1943 – yilda yozilgan. Adib mazkur publitsistik asarida fashizmni keskin fosh 
etib, o’zining Vatan haqidagi yurak so’zlarini zo’r hayajon bilan ifodalagan. 
Jumladan, shoir shunday degan: “Mening xalqim birlik va ittifoqni, hamjihatlikni 
yaxshi ko’radi. Tirik ekan bir-birini qo’llab-quvvatlaydi…Mening xalqim do’stlik 
va birodarlikning qadrini juda yaxshi biladi…” 
276. Hamid Olimjon urush yillari qanday to’plamlarni chop ettirdi? 
Hamid Olimjon ikkinchi jahon urushi davrida samarali ijod qildi. Shoir 
jangovar davr talablariga hozirjavoblik ko’rsatib, bosqinchi yovga qarshi kurashga 
birinchilardan bo’lib otlandi. Shoir urush yillarida “Ona va o’g’il”(1942), 
”Qo’lingga qurol ol” (1942 ), ” Ishonch” (1943) kabi qator she’riy to’plamlarini 
yaratdi. Bu to’plamlardan joy olgan she’rlarining aksariyati harbiy vatanparvarlik 
lirikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Ularda g’alabaga ishonch tuyg’ulari 
kurashga chaqiriq g’oyalari bilan uzviy birlikda namoyon bo’lgan… 
277. Hamid Olimjonning ”Jangchi Tursun” asari qaysi janrda yozilgan va 
nima haqda? 
 
Hamid Olimjonning “Jangchi Tursun” she’ri ballada janrida yozilgan. 
She’rda jangchi Tursun va ona obrazi yaratilgan. Jangdagi mag’lubiyatlardan 
sarosimaga tushgan Tursun qochmoqchi bo’ladi. Tursun hujum oldidan qochish 
yo’llarini o’ylar ekan, onasidan xat oladi. Xatda ona o’z farzandidan mardlik
ko’rsatishini, botirlarcha jang qilishni talab qiladi:
Xalqing uchun to’kkali 
 
 
 
 
Yo’qmi bir qoshiq qoning? 
 
 
 
 
Vataning tuprog’idan 
 
 
 
 
Shirin ekanmi joning?.. 


 
Onaning xati Tursunga qattiq ta’sir qiladi. Natijada u dushmanga qarshi 
qahramonona jang qilib, ona ishonchini oqlaydi. 
To’g’ri, balladada ona obrazi hayotdagi odamdan ko’ra shiorga o’xshab 
qolgan. Chunki onaning o’z bolasiga “Qochib tirik qolgandan O’lganing yaxshi 
menga”, – deyishi hayotiy reallik nuqtai nazaridan also mumkin emas. Lekin shoir 
yaratgan badiiy reallik o’quvchining shunga ishontiradi, uni onaga qiyoslaydi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin