O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Akademik Oybek shoir Hamid Olimjonni qanday ta’riflagan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   187
283. Akademik Oybek shoir Hamid Olimjonni qanday ta’riflagan? 
50
 Ҳaмид Oлимжoн. Ўрик гуллагандa. Toшкeнт, Aдaбиёт вa сaнъaт, 1990. 52-бeт. 


Ona Vatanni, ona tuproqni ardoqlash hamma davrlar adabiyoti uchun 
mushtarak hodisa. Hamid Olimjon ham bu mavzuga qayta-qayta murojaat etib, 
sho’rolar vatanining jahondagi eng baxtli kishilarning makoni sifatidagi obrazini 
yaratishga urindi. Uning tasviridagi vatan – kishilikning muqaddas beshigi. Shoir 
yaratgan lirik qahramon shu beshikda ulg’aygani bilan faxrlanadi. Shu beshik unga 
hayotgina emas, baxt-saodat ham berganiga ishonadi. “O’lka” she’rida shunday 
yozadi:
Men dunyoga kelgan kudanoq 
Vatanim deb seni, uyg’ondim. 
Odam baxti birgina senda 
Bo’luriga mukammal qondim. 
 
Shoir ijodida vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhi bilan sug’orilgan she’rlar 
juda ko’p. Akademik yozuvchimiz Oybek bejizga Hamid Olimjonni “Otashin 
vatanparvar va talantli shoir” deb aytmaganiga guvoh bo’lamiz. 
284. Hamid Olimjonning “Gamlet” (V. Shekspir) fojiasi ta’sirida yozilgan 
she’ri qanday nomlangan? 
Hamid Olimjon “Gamlet” (V. Shekspir) fojiasi ta’sirida “Ofeliyaning 
o’limi” nomli she’rini yozgan. Bu she’rda pok sevgi, samimiy insoniy muhabbat 
madh etiladi. Uni beg’ubor sevgi yo’lida qurbon bo’lgan yosh yuraklarga qo’yilgan 
she’riy haykal desa bo’ladi. 
285. Hamid Olimjonning qaysi she’rini peyzaj lirikasining yorqin namunasi 
deyish mumkin? 
Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’rini peyzaj lirikasining eng yorqin 
namunasi deyish mumkin. Shoir she’riyatida jonajon O’zbekiston va o’zbek xalqi 
obrazi butun bo’yi basti va tarovati bilan yorqin namoyon bo’ldi. “O’zbekiston” 
she’rida aniq detallar, rang-barang tasvir vositalari yordamida nurli yurtimizning 
yaxlit poetik obrazini yaratib, asar g’oyasini she’rning qat-qatiga singdirib yubordi, 
unda tabiat manzarasi kitobxon ko’z o’ngida to’laligicha namoyon bo’ladi: 
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston, 
Dostonlarda bitgan guliston. 
O’zbekiston deya atalur, 
Uni sevib ei tilga olur. 
Chiroylidir go’yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin. 
 
 
 
Qorli tog’lar turar boshida, 
 
 
 
Gul vodiylar yashnar qosjida. 
 
 
 
Chor atrofga yoyganda gilam, 
 
 
 
Aslo yo’qdir bundayin ko’klam… 
 
 
 
Bu shundayin ajib diyordir. 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin