288. Mirtemirning ilk to’plami qachon va qanday nomda chiqqan? Xalq shoiri Mirtemir: “Birinchi she’rim 1926-yilda “Yer yuzi” jurnalida
“Tanburim ovozi” nomi bilan bosilib chiqdi”
53
,- deb eslaydi. 1928 – yilda
“Shu’lalar qo’ynida” nomli birinchi she’rlar to’plami chiqadi. Bu to’plamga
shoirning “Mehnat”,”So’nggi xat”,”Kurash va tilak”,”Baxt”, “Sahro”, “Mehnat
bolasi” kabi sochma she’rlari kiritilgan. To’plam yangi davr ruhini o’zida ifoda eta
olgani bilan xarakterlidir. Unda inson mehnatining badiiy obrazi chizilgan. Bu asar
bilan Mirtemir o’zbek adabiyotiga sochma janrni olib kirdi.
289. Mirtemirning “Shu’lalar qo’ynida” kitobiga qaysi tanqidchi so’zboshi yozgan? Mirtemirning yangi davr ruhi bilan sug’orilgan “Shu’lalar qo’ynida” nomli
kitobiga tanqidchi Sotti Husayn quyidagicha so’zboshi yozgan:”Qo’lingizdagi to’plam o’zbek adabiyotiga yangi qo’zg’alon, yangi umidlar bag’ishlaydi… “Shu’lalar qo’ynida”gi sochmalardan haqiqatan kurash, isyon, zafar taronalarini tinglab olarsiz... O’zbek ishchisi, dehqoni o’z hayotini, kurashini shu kitobdan o’qib ko’radi, zavqlanadi, lazzat oladi”. “Shu’lalar qo’ynida” kitobida g’uncha tarzida namoyon bo’lgan ijobiy
tomonlar shoining keyingi asarlarida tobora yorqinroq ko’rinib, o’sa bordi.
290. ”Mirtemir she’rlarini o’qisam yayrab ketaman. U shoshilmay, erkalanib yozadi”. Fikrlar muallifi kim?
Mirtemir ijodining fazilatlari ko’p. Shoirning yozgan she’rlari g’oyaviy
mazmun jihatidan ham, badiiy shakl jihatidan ham boshqa asarlaridan ustun turadi.
Bunday ijodiy o’sish Mirtemirning ustoz shoirlar maktabidan saboq olishi, mahorat
sirlarini puxta o’zlashtirishi, hayot haqiqatini sinchiklab o’rganib, asar ustida qunt
bilan mehnat qilishining natijasidir.Ana shuning uchun ham akademik shoir G’afur
G’ulom ”Mirtemir she’rlarini o’qisam yayrab ketaman. U shoshilmay, erkalanib yozadi” 54 , - degan edi. Alisherga alla aytib uxlatgan Sen - Ona. Og’ushida Bobur kamolga yetgan Sen - Ona. Torobiyni og’ir jangga jo’natgan Sen - Ona… Misralar muallifi kim?
Misralar muallifi Mirtemirdir. She’rning nomi ”Sen – ona!“ den nomlangan
bo’lib, urush davrida yozgan.
53
Aдaбиётимиз автобиографияси. – T.: 1973, 237-бeт.
54
Қaрaнг: Сaид Aҳмaд. Нaзм чoрраҳасида. – T.: “Ёш гвaрдия”, 1982, 16-бeт.