O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Mirtemirning qanday dostonlarini bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187
295. Mirtemirning qanday dostonlarini bilasiz? 
Mirtemir dostonchilikda ham barakali ijod qilgan. “Bong”, “Barot”, 
“Agronom”, “Jang”, “Xidir”, “Nomus”, “Ochlar o’lkasida”, “Dilkusho”, “Suv 
qizi”, “Oysanamning to’yida”,”Farg’ona”,”Baxshining aytganlari”,”Daryo 
bo’yida”, “Surat”, “Pattining hasratlari” kabi yugirmaga yaqin katta-kichik 


dostonlar Mirtemir tomonidan yozilgan bo’lib, ularning ko’pi zamonaviy mavzuga 
bag’ishlangan. 
296. ”Surat” lirik dostoni muallifi kim va u nima haqida yozilgan? 
 
“Surat” nomli lirik doston muallifi Mirtemirdir. Doston hayotiy timsollar 
asosida yaratilgan. Ma’lumki, shoir 30-yillar boshida asossiz hibsga olinib, 
Moskvadagi Dmitrov lageriga surgun qilingan, Moskva – Volga kanali qurilishiga 
jo’natilgan. Shoirning xotini ikki yashar qizchasini tashlab Moskvaga ketib qolgan. 
Qizcha esa tezda vafot etgan. Dostoni ana shu hayitiy fojia asosida yaratilgan. 
Unda ikki yillik ayriliqqa bardosh berolmay ahdini buzgan beburd kelin hamda 
bevafo yor dardida kuyib yongan, ishq jabrini tortib ruhan ezilgan, beg’ubor sevgi 
sohibi bo’lgan yigit turmushidan olingan tuyg’ular tug’yoni inson qalbini larzaga 
soladigan darajada hayajonli va yorqin aks ettirilgan. Shu orqali hayot va inson 
qismati, sadoqat va xiyonat haqida teran poetik mushohada yuritilgan. 
“Surat” dostonida shoir lirik qahramonning ichki kechinmalarini, ruhiy ola-
mini yaqqol tasvirlab bergan. Asarda ruhiyat tasviri, tabiiylik va samimiylik yorqin 
ko’rinib turadi: 
Na oltin, na javohir edim, 
 
 
 
 
Armonli bir yosh shoir edim. 
 
 
 
 
Zuhro bo’lmasang ham chiroyda, 
 
 
 
 
Men ishqingda naq Tohir edim. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin