O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Zulfiya qaysi jurnalda 32 yil bosh muharrir bo’lgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   187
316. Zulfiya qaysi jurnalda 32 yil bosh muharrir bo’lgan? 
55
Mиртeмир зaмондошлари хотирасида. – T.: 1982, 138-бeт. 
56
“Xaлқ сўзи” гaзeтaси, 1995 йил, 30 май. 


Zulfiya ilmini oshirishga astoydil intildi, aspiranturada o’qidi, bolalar 
nashriyotida muharrirlik qildi. Urush Zulfiya uchun ham katta sinov davri bo’ldi. 
1944-yilda Hamid Olimjon bevaqt halok bo’ldi. Endi u ikki sozni – o’zi va Hamid 
Olimjon sozini chalishni bo’yniga oldi. Bu shoira she’riyati mazmuni, yo’nalishi, 
ruhidagina emas, ayni chog’da ijtimoiy faoliyatida ham yaqqol ko’rindi. “Saodat”
jurnalida (jurnal dastlab “O’zbekiston xotin-qizlari” deb nomlangan) bosh muharrir 
bo’ldi. Zulfiya bu jurnalda 32 yil muharrir bo’lgan. 
317. Zulfiyaning qanday dostonlarini bilasiz? 
Shoira Zulfiya ijodi mavzu xilma-xilligi va g’oyaviy mazmun jihatidangina 
emas, balki janr va badiiy mahorat jihatdan ham boyib, sayqal topa bordi. Zulfiya 
oila va burch, axloq-odob, yoshlik va shodlik, vijdon va iymon, ishq-muhabbat, 
sadoqat va xiyonat kabi mavzularda chuqur mazmunli dostonlar yaratdi. “Uni 
Farhod der edilar”, ” Quyoshli qalam”, ”Mushoira”, ”So’roqlaydi shoirni she’rim”, 
”Xotiram siniqlari” kabi qator dostonlari shular jumlasidandir. 
318. Zulfiyaning urush davrida yozgan tarixiy-biografik dostoni qanday 
nomlangan va u kim haqida? 
 
Shoira Zulfiya urush davrida “Uni Farhod der edilar” nomli tarixiy-biografik 
doston yozdi. Asar bosh qahramoni taniqli o’zbek artisti, otashin vatanparvar 
jangchi Qobil qori Siddiqovdir. Dostonda bu obraz hayotiy tasvirlangan. Shoira 
bosh qahramon timsolida xalqning fashizmga munosabatini ustalik bilan tasvirlay 
olgan. Dostondagi voqea xushovoz san’atkor Qobil qorining Toshkent teatrida 
Farhod rolini o’ynayotganligi tasviri bilan boshlanadi. Shoira: 
Bu kuychiga tan berib butkul 
 
 
 
Qo’shig’ini unutdi bulbul, 
 
singari lirik misralarda Qobil qorining sahna san’atidagi mahoratini maftun bo’lib 
tasvirlaydi. So’ngra Qobil qorining urush davridagi jangovar hayotiniehtiros bilan 
hikoya qiladi. Dostonda Qobil qori so’zi bilan ishi bir haqiqiy qahramon sifatida 
namoyon bo’ladi. U deydi: 
Aziz Vatan, jonajon Vatan, 
 
 
 
Kerak bo’lsa qurbon jon-u tan. 
 
 
 
Baxt, erkimiz qolsin deb elda, 
 
 
 
Muhabbating, qudrating dilda. 
 
 
 
Ko’rsatamiz kurashda sabot, 
 
 
 
Yovdan seni qilamiz ozod. 
 
 
 
Xalqim uchun, san’atim uchun 
 
 
 
Yana jangga kiraman bu kun! 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin