Taqdir, taqdir dedim, yashadim uzoq,
Taqdir peshonaga yoziq deyishdi.
Yoziqni peshonaga urdim-u biroq,
Men sindim, qonimdan g’ishtlari pishdi.
Alam. Yomon alam ko’zing ko’r bo’lsa,
Lekin so’qir dillik undan-da dahshat.
Xalq ganjin yulmoqqa cho’zilgan qo’lga
Biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
Ko’rinadiki, shoira
zamon, davr, xalq boshiga tushgan dard, jabr-jafoni xuddi
o’zinikiday, o’zinikini xalqnikiday qilib tasvirlab bergan. Dostonni bekorga
“Xotiram siniqlari” deb nomlamaydi. Bu xotiralar – xalq tarixi shunchaki xotira,
shunchaki tarix emas, balki “
dardli, tig’li siniqlar” bo’lib, doim yurakni tilib qon
chiqarib azob berib turadi, ular saboq. Shu tufayli shoira intiqlik bilan kutgan
istiqloldan cheksiz xursand:
Hurriyat, keldingmi, nahotki kelding,
Kelar yo’llaringda pinhona toldim.
Mening ota-onam, jon Vatanimda,
Elim taqdirida abadiy qolding.
Ardoqli va atoqli shoira Zulfiya o’z ijodi haqida shunday degan edi:
Dostları ilə paylaş: