Mavzu: ASQAD MUXTOR 332. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug’ilgan? XX asr o’zbek she’riyati, nasri, tarjimachilik san’ati va dramaturgiyasi rivojida
Asqad Muxtorning alohida xizmatlari bor. Jahon adabiyotining eng sara
namunalarini puxta o’rgangan, badiiy ijodga juda jiddiy faoliyat turi sifatida
qaragan bu adib o’zidan boy va ibratli adabiy meros qoldirdi.
Asqad Muxtor 1920-yil 23-dekabrda Farg’ona shahrida temiryo’lchi oilasida
tug’ilgan.11 yoshga to’lganida otasi vafot etadi. O’n ikki yetim bolani boqib katta
qilish oson ish emas edi. Asqad Muxtor bolalar uyida tarbiya topadi, o’qiydi. 1936-
yilda Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan kursga o’qishga kiradi, gazeta
tahririyatida ishlaydi. Keyingi taqdiri badiiy va publitsistik ijod bilan bog’liq
ekanini anglagan Asqad Muxtor 1938-yilda Samarqand dorilfununiga o’qishga
kiradi. Urush yillari bu ilm dargohi O’rta Osiyo dorilfununiga qo’shiladi va Asqad
Muxtor ham Toshkentda o’qishni davom ettiradi.
333. Asqad Muxtor ijodi qachondan boshlangan? Asqad Muxtor badiiy ijodga juda yoshligidan qiziqdi. Uning “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk she’riy asarlari 1935-1938-yillarda e’lon qilingan.
Bu to’plamlardan joy olgan she’rlarida adabiyotdan juda ko’p narsani kutuvchi ,
unga butun umrini bag’ishlashga tayyor lirik qahramon qiyofasi gavdalangandi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Asqad Muxtor poeziyasining asosiy mavzui, o’z-
o’zidan, urush bilan bog’landi. Yosh ijodkorning kuchli pafosga yo’g’rilgan
“G’alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tug’ishganlar qaytdi”,
“Sog’inish” singari o’nlab she’rlari urush davri o’zbek poeziyasi namunalari bo’lib
qoldi.
334. Asqad Muxtorning qanday she’riy to’plamlarini bilasiz? Asqad Muxtor she’riyati XX asrdagi o’zbek adabiyotining yorqin bir sahifasini
tashkil qiladi. Shoirning asarlari chuqur poetik fikrlarga, ehtirosli tuyg’ularga, tiniq
va jonli tasvirlarga boyligi bilan ham ahamiyatlidir.
Asqad Muxtorning “Po’lat quyuvchi”(1947), ”Hamshaharlarim”(1949),
”Rahmat, mehribonlarim”(1954), ”Chin yurakdan”, “Hayotga chaqiriq”(1956),
”Dunyo bolalari”, “99 miniatyura” (1962), “She’rlar” (1966), ”Karvon
qo’ng’irog’i”, ”Quyosh belanchagi” (1971), “Charxpalak” (1976) ”Sizga aytar
so’zim” (1978), “Qaysi asrdan gapirayapsiz” (1982), “Sirli nido” (1984),
“Yillarim” (1990), “Tundaliklar” (1997) kabi she’riy to’plamlarda bu fazilatlar
ochiq ko’rinadi. Shu bilan birga, mazkur kitoblar shoir mahorati asardan asarga
o’sib, yuksalib borganini ham tasdiqlaydi.