O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


”Uni Farhod der edilar” (Zulfiya) dostoni nima haqida?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   187
319. ”Uni Farhod der edilar” (Zulfiya) dostoni nima haqida? 
Zulfiya tomonidan yozilgan “Uni Farhod der edilar” dostonida ayol qalbining 
sezgir, beorom tabiatini ko’ramiz. Doston, bizning nazarimizda, hozirgacha o’z 


fayzini saqlab qolgan asarlardan. Doston markazida qahramonning mardlik va 
vatanparvarlik bilan to’la ma’naviy dunyosi tahlil etiladi. Asarning zamirida 
san’atkorning so’zi bilan ishi bir bo’lishi kerak, degan fikr mavjud. Bosh 
qahramon mashhur san’atkor Qobilqori. Farhod rolini mahorat bilan ijro etgani 
uchun Farhodning o’zi der edilar. Frontga borib, ona-Vatan yo’lida qurbon bo’ladi. 
Uning qahramonona hayot yo’li va fojiali taqdiri “Hayotimizni saqlab qol, do’stlar 
uchun qasos ol”, degan chaqiriq yanglig’ yangrab turadi. 
320. Zulfiya qaysi asarlarni tarjima qilgan? 
Zulfiya mohir tarjimon hamdir. Demyan Bedniyning “Ziynatning qasami”, 
Lesya Ukrainkaning “Umid kutaman”, ”Oqshomgi soatda”, “Kuylarim” asarlarini, 
Mustay Karimning “Oy tutilgan tunda” pyesasini, N. Nekrasovning “Rus ayollari” 
dostonini, shuningdek, M. Lermontov, Nozim Hikmat, Amrita Pritam, V. Inber, 
Silva Kaputikyan, Marvarid Dilbozi, Svetlana Somova kabi turli millat ijod ahlini
ko’plab she’riy asarlari Zulfiya tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Deyarli 
barcha tarjimalarda asliyatning ruhi, nazokati, jozibasi va milliy xususiyatlari sof,
tabiiy ravishda saqlangan. 
321. “Quyoshli qalam” dostoni muallifi kim va u kimga bag’ishlangan? 
Atoqli yozuvchi Oybek haqidagi “Quyoshli qalam” dostoni Zulfiya qalamiga 
mansub. Doston ijodkorning Vatan, xalq, tarix, kelajak avlod oldidagi burchi 
to’g’risida. Asarda yo’l obrazining falsafiy ma’no kasb etishi bejiz emas. Shoira 
Oybekning ruhiy olamini, yuksak orzu-armonlarini hamda intilishlarini atroflicha 
keng ifodalab bergan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin