308. “
… Qissa shoirning inson ruhini butun murakkabligi bilan tasvirlay
olishidan “qalb dialektikasi”ga chuqur kira olganidan dalolat berib turadi…
Qaysi asar nazarda tutilgan?
Bu lirik shoir Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumiga kirgan “Surat”
nomli lirik qissasi bo’lib, asar asosan qahramon kechinmalarini ifodalovchi lirik
lavhalardan tashkil topgan
309. Mirtemir ijodiga asos bo’lgan 3 ta manba qaysilar ?
Mirtemir ijodiga asos bo’lgan 3 ta manba quyidagilar: 1. Xalq og’zaki poetik
ijodi. 2. O’zbek mumtoz adabiyoti. 3. Qardosh xalqlar adabiyoti. Bu 3 manba
tajribasi shoir ijodini yuksaklikka ko’tardi.
310. Mirtemirning ”Qoraqalpoq daftari” turkumiga qancha she’ri kiritilgan?
Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” 1957-yilda yozilgan. Bu she’riy turkumni
qoraqalpoq xalqining sermazmun va serqirra hayotini, erishgan ulkan yutuqlarini,
orzu-istaklarini haqqoniy ifodalovchi, o’zbekning o’z inisi qoraqalpoqqa bo’lgan
cheksiz mehr-muhabbatini tarannum etuvchi, xalqlar do’stligi va birodarligini
ulug’lovchi she’riy qissa deb aytish mumkin. 20 dan ortiq go’zal she’rlardan tash-
kil topgan bu asarda Mirtemirning qoraqalpoq xalqiga bo’lgan samimiy hurmati,
qon-qardoshlik e’tiqodi yaqqol aks etgan, shoir qoraqalpoq yurtini o’z yurti sifatida
sevib,ardoqlab tasvirlagan va qoraqalpoq mehnatkashlarining fe’l-atvori, an’analari
maftuni bo’lib kuylagan.
“Qorqalpoq daftari” asarida she’riy turkum janrining o’ziga xos talablariga to’la
rioya qilingan, sarlavhaga chiqarilgan mavzu atroflicha yoritilgan va bu turkumni
tashkil etuvchi she’rlarning bir-biriga bog’liq bo’lishi ta’minlangan.
Dostları ilə paylaş: