O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


she’rlaringiz Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolidan noyob



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187
she’rlaringiz Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolidan noyob 
nishonadir…”. Fikrlar muallifi kim? Qaysi ijodkor haqida? 
 
O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Zulfiya tavalludining 80 yilligi 
munosabati bilan unga yo’llagan tabrik xatida shoira ijodiga yuksak baho bergan 
edi. Zulfiya ijodi haqida Yurtboshimiz yana quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan: “… 
Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan 
saboq berdingiz… Siz Gulbadanbegim, Zebunniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi 
Sharqning buyuk fozila ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog’onaga 
ko’tardingiz. Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan 
ko’plab yosh iste’dodlar bahramand bo’ldilar. 
 
Istiqlol ruhi Sizni, ijodingizni yanada yashartirib yubordi. Maftunkor 
she’riyatingiz yoshlik nafasi bilan qayta uchqunlandi 
56

314. Zulfiyaning birinchi she’rlar to’plami qanday nomlangan?
Zulfiya 1931 – 1934-yillarda xotin-qizlar pedagogika bilim yurtida tahsil 
oldi. Bilim yurti qoshida shoir Shukur Sa’dulla rahbarligida adabiy to’garak tashkil 
etiladi. Shoira shu yerda she’r mashq qila boshlaydi. To’garakda ko’p narsalarni
o’rgandi, hayot, turmush saboqlaridan ilhom oldi va 17 yoshida, ya’ni 1932 – yilda
“Hayot varaqlari” nomli ilk to’plamini chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Ammo shoira 
bu kitobda dunyoga, voqelikka va kishilarga o’z nuqtai nazaridan qarash darajasiga 
ko’tarilmagan edi. Shunday bo’lsa-da, birinchi to’plam shoirani adabiyot olamiga, 
ijod ahliga tanitdi.
315. Zulfiyani kim “tong kuychisi” deb ta’riflagan? 
O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir Zulfiya ijodiga alohida muhabbat bilan 
qaragan. Shoira ijodi haqida ko’plab maqolalar ham yozgan. Jumladan, Zulfiya 
haqida shunday yozadi: “Zulfiya – kamtar, o’ta zahmatkash, bilim ufqi keng, 
doimo dili toshqin, olamni timsollar – obrazlar ko’zgusida tasavvur etishga qodir 
asl shoira”. Yoki : “O’zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning chaqnab paydo 
bo’lishi – tong yulduzining tug’ilishiga teng voqea , u chindan ham tong kuychisi”. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin