339. Asqad Muxtorning qaysi asari matonatli shaxs va betakror ijodkorning
insoniyatga qoldirgan vasiyatidek yangraydi?
Asqad Muxtor umrining oxirgi yillarida og’ir kasallikka yo’liqdi. Lekin metin
irodali adib ijoddan, izlanishdan to’xtamadi. Xastalikni g’olib kelishiga yo’l
qo’ymadi. Yanada mag’zi bo’liq, mazmuni teran, jozibador she’rlar e’lon qildi.
1994-yili “Insonga qulluq qiladurmen” deb nomlangan to’plamidagi hikoyalar ham
o’zining yuksak saviyasi bilan kitobxonlar e’tiborini tortdi. Eng so’nggi kitobi
“Uyqu qochganda “(“Tundaliklar”) (1997) nomli badiiy-falsafiy asari bo’lib, unda
hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalarini aks
ettiradi.
Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi.
Adabiyotga ilk qadam qo’ygandan to umrining oxirigacha uninh yuragi badiiy ijod
ishqi bilan urdi. Quyidagi misralar bu fikrimizning dalilidir:
Men ko’p yo’llar yurdim,
Ko’p narsani ko’rdim,
Goh sog’inib,
Goho
Shodlikdan jo’shib;
Qanoti chiqqan qushday
Uyasiga sig’may,
Yuragimda talpinar qo’shiq.
Dostları ilə paylaş: