O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


”.. chop etilgan she’rlarimda qalbimdagi quvonch, dard, hayajonlarimning



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   187
”.. chop etilgan she’rlarimda qalbimdagi quvonch, dard, hayajonlarimning 
suvratini ko’rganday bo’laman”.
323. “Do’stlik” ordeni Zulfiyaga qachon berildi?
1995 – yilda xalqimizning ardoqli va atoqli shoirasi Zulfiya 80 yoshga 
to’ldi. Shu munosabat bilan Vatanimiz ijodkorni “Do’stlik” ordeni bilan
taqdirladi. 
324. Zulfiyaning “Mushoira” dostoni nima haqda? 
 
Zulfiyaning “Mushoira” dostoni chet el xalqlari hayotini, ularning tinchlik 
va do’stlik uchun kurashini aks ettirishga bag’ishlangan. Unda Osiyo va Afrika 
taraqqiyparvar yozuvchilarining 1956-yilda Hindistonda bo’lib o’tgan 
konferensiyasi voqealari, she’r bahsi, she’rxonlik hikoya qilinadi. Shu orqali 
xalqlar do’stligi, insonparvarlik va tinchlik uchun kurash g’oyalari ustalik bilan 
olg’a suriladi. 
325. 1953-yilda yozilgan “Oydin Sobirova” nomli ocherk kimniki?  
Zulfiya badiiy ocherk va publitsistika sohasida ham ijod etdi. Ijodkorning 1953-
yilda yozgan badiiy ocherkida XX asr o’zbek adabiyotining yorqin vakilasi
bo’lgan adiba Oydin Sobirovaning ibratli hayoti va sermazmun ijod yo’li qiziqarli 
tarzda hikoya qilingan. 
326. Zulfiya yana qanday publitsistik asarlar yozdi? 


Zulfiya keyinchalik “Dugonalar bilan suhbat”, “Paranjili xotin bilan uchrashuv” 
“Birlashgan holda ilgariga”, “Kolombo kabutarlari”, “Yugoslaviya xotiralari”, 
“Shahriniso haqida” kabi asarlar yaratib, o’zining badiiy ocherk va publitsistika 
sohasidagi yutuqlarini mustahkamladi. Zulfiyaning bu asarlarida ham jangovar ruh, 
lirik ohang va hayotbaxsh tuyg’u ustun turadi. Yozuvchi xalqimiz erishgan barcha 
yutuqlarni ko’z qorachig’iday avaylab, mehr bilan tasvirlaydi va ularni turfa xil 
dushmanlar xurujidan himoya qiladi. 
327. ”Hijron kunlarida” to’plami kimniki? 
Zulfiya ikkinchi jahon urushi davrida faol ijod qildi. Ko’plab she’riy to’plam 
va dostonlar yaratdi. Ijodkorning “Hijron kunlarida” to’plami 1944-yilda yozilgan.  
Kitobdan joy olgan she’rlarida o’sha jangovar kunlarning dolzarb mavzulari yorqin 
ifodalangan, jonajon xalqimizning Vatanga muhabbati, g’alabaga bo’lgan ishonchi, 
qahramonlik, insonparvarlik, dushmanga nafrati ifoda etilgan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin