350. Katta hayotiy tajribaga ega, muhandis-bunyodkor sifatida xorijiy
mamlakatlarda ishlab kelgan obraz Said Ahmadning qaysi asarida uchraydi ?
Tolibjon bo’lib,”Jimjitlik” asarida mavjud. Tolibjon o’z davrining uzoq -
yaqinini ko’rgan, ancha ilg’or dunyoqarashli kishi. U biz bugun ega bo’layotgan
ayrim imkoniyatlarga bundan salkam chorak asr avval ega bo’lgan. Xorijiy dunyo,
uning kishilari qilayotgan ishlar bilan o’zimizdagi ahvolni zimdan taqqoslagan.
Tolibjon hayotning ko’p azoblarini ko’rgan.Rafiqasi va farzandidan bevaqt judo
bo’lgan. Natijada asab xastaligiga yo’liqqan, yagona istagi –
jimjitlik.
351. “Jimjitlik” romanidagi Mirvali obrazi qaysi jihatlari bilan ajralib
turadi?
“Jimjitlik” romanida rang-barang obrazlar yaratilgan. Bular orasida asarning
asosiy obrazi Mirvali alohida ajralib turadi. Mirvali obrazida ikki xil kishi – ham
yaxshi, ham yovuz odam qiyofasi gavdalantirilgan.Yozuvchi romanning birinchi
qismini “
Bir tanda ikki odam” deb bejiz atamagan. Chindan ham, Mirvali – keng
fikrli, ishbilarmon, tashabbuskor, tashkilotchi. Uning respublika miqyosida rahbar
bo’lishga, hatto biror vazirlikni boshqarishga qurbi yetadi. Biroq Mirvalida amal
ketidan quvish, shuhratparastlik, xushomadgo’ylik, ko’zbo’yamachilik, nopoklik,
xiyonat va jinoyat qilishdan tap tortmaslik singari yomon illatlar ham yo’q emas.
Yozuvchi Mirvalining yaramas qiliqlarini, vahshiyona kirdikorlarinitasvirlash
bilan birga, Mirvali xarakteridagi illatlar qanday paydo bo’lganligini va qanday
qilib rivojlanib borganligini ham ochib tashlagan. Adib Mirvalining hayot yo’lini
va fojiali qismatini tasvirlash orqali kimki halollik, to’g’rilik, adolatparvarlik va
insonparvarlik singari ezgu tushunchalarni mensimay, ularni oyoq osti qilsa, oxir-
oqibatda xoru zor bo’ladi, degan xulosani olg’a surgan.
Dostları ilə paylaş: