O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 ”Ufq” (Said Ahmad) trilogiyasi qaysi romanlardan iborat?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   187
347. ”Ufq” (Said Ahmad) trilogiyasi qaysi romanlardan iborat? 
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi XX asr o’zbek adabiyotining jiddiy 
yutug’idir. Asarda trilogiya janrining o’ziga xos g’oyaviy-badiiy xususiyatlari va 
asosiy janriy belgilari yaqqol namoyon bo’lgan. “Ufq”ning birinchi kitobi - ” Qirq 
besh kun” romanida xalqimizning XX asrning 30-yillarida Katta Farg’ona kanali 
qurilishidagi qahramonona mehnati, qudratli xalq harakati yorqin aks ettirilgan. 
Asarning ikkinchi kitobi “Hijron kunlarida” deb nomlangan. Unda xalqimizning 
urush davridagi og’ir hayoti, kurashi, vatanparvarligi ehtiros bilan hikoya qilingan. 
Trilogiyaning uchinchi kitobi ”Ufq bo’sag’asida” urushdan so’nggi dastlabki 
yillardagi xarakterli voqealar, qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish harakati 
tasvirlangan. 
348. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasida qanday voqealar yaratilgan?
Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasida xalq hayotining turli qatlamlari teran yori-
tilgan. Azizxon, Ikromjon, Jannat xola, Rahmonberdi tog’a, Nizomjon, Asrora, 
Dildor, Inoyat oqsoqol, Tursunboy singari xilma-xil obrazlar yaratilgan. Asarda 
bunday to’qima obrazlar bilan bir qatorda, xalqimizning asl farzandlari: Usmon 
Yusupov, Yo’ldosh Oxunboboyev, G’afur G’ulom kabi tarixiy shaxs obrazlari ham 
berilgan.“Ufq”dagi qahramonlardan Ikromjon va Azizxon obrazlari har tomonlama 
mukammal va jonli qilib tasvirlangan. Adib Azizxon obrazi orqali Katta Farg’ona 
kanali qurilishi jarayonida, qirq besh kun davomida sodir bo’lgan quvonchli va 
unutilmas voqea-hodisalarni, xalqning haqiqatan buyuk bunyodkor ekanini 
umumlashtirib tasvirlab bergan. 
349. Sobiq turg’unlik deb atalgan davr illatlarinin fosh qilishga bag’ishlab 
Said Ahmad qanday asar yozgan? 
 Said Ahmad 1988 –yilda “Jimjitlik” romanini yozdi. Bu romanda 80-
yillarning birinchi yarmidagi hayot haqiqati Mirvali Rixsiyev direktorlik 
qilayotgan qishloq misolida ochib berilgan. Adib qishloq hayotini respublika 
hayoti, xalqimizning kundalik turmushi, mehnati, dardi, muammolari, orzu-
istaklari zamirida aks ettirgan. Yozuvchi yuzaki qaraganda bir me’yorda, sokinlik 
va jimjitlik bilan o’z yo’lidan beozor taraqqiy etib borayotganday tuyuluvchi 
hayotimizdagi har xil illatlarni, keskin ziddiyatlarni, alg’ov-dalg’ovliklarni dadillik 
bilan ko’rsatgan. Romanning nomi ham kinoyaviydir. Romanda Tolibjon: “Bu 
joylarga jimjitlik qidirib keldim” desa, Mirvali: “Jimjitlikni odamzod o’lganda 
topadi. Go’rga kirganda”, deydi. Yozuvchining o’zi esa “… notinch XX asrda 
jimjitlik qidirish telbalik”dir degan xulosani asar to’qimasiga singdirib yuboradi. 
57

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin