O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Asqad Muxtorning tashkilotchilik faoliyati haqida nimalar bilasiz?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187
 
343. Asqad Muxtorning tashkilotchilik faoliyati haqida nimalar bilasiz? 
Asqad Muxtor mohir tashkilotchi sifatida adabiy jarayonni uyushtirishda katta 
ishlarni amalga oshirdi. Ijodkor ko’p yillar davomida “Sharq yulduzi”, “Guliston” 
jurnallariga va “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligiga muharrirlik qildi, bir 
necha marta O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotiblik vazifasini bajardi. Bu 
lavozimlarda ishlar ekan, Asqad Muxtor adabiyotimizda chinakam badiiy asarlar 
ko’payishi va adabiy muhit sog’lomligi uchun kurash olib bordi, yosh ijodkorlarga 
alohida g’amxo’rlik bilan qaradi. 
Mavzu: SAID AHMAD 
 
 344. Qaysi ijodkorning asari Toshkentdagi Akademik teatrda 600 martadan 
ortiq qo’yilgan? 
Said Ahmad o’zbek adabiyotidagi mashhur komediyanavislardan biridir. 
“Kelinlar qo’zg’oloni” komediyasi salkam qirq yildan buyon sahnadan tushmay 
keladi. Komediya janrida surunkasiga bu qadar uzoq umr ko’rgan sahna asarining 
hozirgi yakkayu-yagonasi shu - “ Kelinlar qo’zg’oloni “ komediyasi. U Toshkent 
Akademik teatrining o’zidayoq 600 martadan ortiq sahnada muvaffaqiyat bilan 
qo’yilgan. 
 
345. ”Onajonlar”,”Turnalar”,”Cho’l burguti”,”Muhabbatning tug’ilishi”, 
”To’y kechasida”,”Hayqiriq” kabi hikoyalar kimniki? 
Said Ahmad dilbar hikoyalari, ichakuzdi hajviyalari, nurbaxsh komediya-
lari, hayotiy romanlari bilan XX asr ikkinchi yarmidagi o’zbek adabiyotida o’ziga 
xos o’rin tutadi. Ijodkor adabiyotga hikoyanavis sifatida kirib keldi va bu janrda 
barakali ijod qildi. Yuqorida nomlari sanalgan ko’plab hikoyalari o’zbek lirik 
hikoyachiligi yo’nalishini belgiladi, deyish mumkin. 
 
346. Said Ahmadning dastlabki to’plami qanday nomlangan? 
 Said Ahmad adabiyot olamiga hikoyanavis sifatida kirib keldi. Uning birinchi 
hikoyalar to’plami – Tortiq” 1940-yilda maydonga chiqdi. U o’z ustida uzluksiz 
ishlash, hayotni, ustoz yozuvchilar ijodini sinchkovlik bilan o’rganish orqali 
dastlabki hikoyalaridagiyoq badiiy asar yaratish sirlarini egallab bordi.
Said Ahmadning iste’dodli yozuvchi sifatida shakllanishida G’afur G’ulom va 
Abdulla Qahhorning xizmati katta. Said Ahmadning o’zi bu haqda :”Aslida meni 
hajv yo’liga G’afur G’ulom boshlab kirgan. Meh yozuvchi hikoyalari ta’sirida 


adabiyotga kirganman. Keyinchalik bu buyuk yozuvchi bilan yaqindan 
tanishganim, undan rosmana ijodiy ta’lim olganim hajvga bo’lgan intilishimda 
yuda katta yordam berdi. Undan keyin Abdulla Qahhor hikoyalaridagi siqiqlik, 
so’zni isrif qilmaslik, tagdor gap aytish san’ati men uchun bir darslik xizmatini 
o’tadi
57
” – deb yozgan edi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin