qissasi”(1958), ” Bo’ronlarda bordek halovat”(1975), “Buxoroning jinko’chalari”
(1980), ”Jar yoqasidagi chaqmoq”(1982), “Manba”(1986),”Kumush tola”(1987),
”Insonga qulluq qiladurman”(1994) kabi qissalarni ham yozdi. Bu qissalarning
mavzusi xilma-xildir.
336. Asqad Muxtorning qanday romanlarini bilasiz?
Asqad Muxtor qissalaridagi ko’p fazilatlar adibning “Opa-singillar” (1955),
”Tug’ilish” (1960), “Davr mening taqdirimda” (1964), ”Chinor” (1969), ”Amu”
(1985) kabi romanlariga ham tegishlidir. Bu romanlarda ham hayot haqiqati ko’p
hollarda bevosita obrazli tarzda tadqiq etilgan.
Yozuvchining barcha romanlari adabiyotimiz xazinasidan mustahkam o’rin ola
bildi. Adabiy tanqidchilik ham o’z vaqtida Asqad Muxtor romanlariga tegishli
bahosini berdi.
337. “Chinor” romanining o’zbek nasri taraqqiyotidagi o’rni haqida nimalar
bilasiz?
“Chinor” romani 1969-yilda yozilgan bo’lib, urushdan keyingi o’zbek nasri
taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi. Roman sharq adabiy an’analarini eslatadi.
Asar sujeti va kompozitsiyasini yaratishda Asqad Muxtor mumtoz adabiyotimizda
mavjud bo’lgan qoliplash usulidan samarali foydalangan. Roman besh qissa, besh
hikoyat va besh rivoyatdan tashkil topgan. Qissalarda hozirgi zamon voqealari
tasvirlanadi. Hikoyalarda bu voqealarning teran ildizlari – yaqin o’tmish voqea-
hodisalari haqida bahs yuritiladi. Rivoyatlar qadim afsonalarga borib taqaladi.
Romandagi barcha qissa, hikoyatu rivoyatlar mantiq jihatidan bir markazga
kelib birlashadi va bir butunlikni hosil qiladi. Ana shuning uchun ham ularni ulkan
bir chinorning teran tomirlariga qiyos etish mumkin. Romanning asosiy g’oyasi
chinor haqidagi ilk rivoyatdayoq aks etgan. Keyinchalik bubosh g’oya rivoyatdan
hikoyatga, hikoyatdan qissaga o’tib rivojlanib va chuqurlashib borgan. Yozuvchi
Ochilbobo, Orif, Azimjon, Komila, Matniyoz, Abdulahad qori, Said kabi turli xil
obrazlar yaratib, hayot haqiqatini keng ko’lamda tasvirlagan.
Roman o’zbek adab adabiyotining rivojlanishiga, badiiy tafakkurimizning
o’sishiga katta hissa qo’shdi. Shuning uchun bu roman 1973-yilda Hamza
nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Dostları ilə paylaş: