O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Mirtemirning so’nggi kitobi qanday nomlanadi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187
304. Mirtemirning so’nggi kitobi qanday nomlanadi?
Shoir Mirtemirning so’nggi kitobi “Yodgorlik” deb ataladi. Shoir bu kitobida 
butun umri davomida kuylagan ohanglarga, amal qilgan estetik prinsiplariga sodiq 
qolgan. Lekin shoir she’riyatining fazilatlari bu kitobda o’zgacha bir tiniqlik kasb 
etgan. Ma’lumki, Mirtemir o’z ijodining boshidan oxi rigacha ona-yurtni, Vatan 
go’zalligini kuyladi. Shoir oddiy mehnatkash insonni sevar, unga sajda qilar, u 
yaratgan va yaratadigan mo’jizalarni muqaddas bilardi. “Yodgorlik”da shoir 
lirikasining shu xususiyatlari yangicha bir kuch bilan jilolanadi. Kitobda “Toshkent 
taronalari”, “Sen borsan”, “Toshkent oqshomlari”, “Yil boshi orzulari”, “Hindu 
raqqosasiga bag’ishlaganim”, “Baxt qo’shig’i”, “Yorti asr qo’shiqlari” kabi 
she’rlar bor.
Mirtemirning bu she’rlari mazmunining teranligi bilan kishini maftun etadi. 
Shoir publitsistik she’rlarida butun Sharqning o’tmishi va buguni haqida gapiradi, 
o’zbek xalqining tarixiy taqdirini gavdalantiradi. “Toshkent oqshomlari” she’rida 
go’zal Toshkent manzarasi ko’z oldimizda gavdalanadi: 
Ko’z uzib bo’lmaydi, sehrli manzara, 
 
 
 
Jozibador, yarq-yurq, oqin sharshara. 
 
 
 
Nima bo’ldi, ertakmi yo Eram bog’i? 
 
 
 
Yoki xayolotmi, yo nur aymog’i? 
 
 
 
Yo’q, samolyot sekin qo’nmoqda edi 
 
 
 
So’ngsiz bir kahkashon ustiga go’yo… 
 


Ana shunday teranlik va ehtiros, latofat, samimiyat shoirning boshqa she’rlarida 
ham yetakchi o’rin tutadi. 
305. Mirtemir ijodining so’nggi bosqichidagi asarlar va ularning o’ziga xos 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin