O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Otayorning “ Men quyoshni ko’rgani keldim” kitobi qaysi ijodkor



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187
291. Otayorning “ Men quyoshni ko’rgani keldim” kitobi qaysi ijodkor 
haqida? 
Yozuvchi Otayorning “Men quyoshni ko’rgani keldim” asari Mirtemir 
haqida. Unda shoir asarlari tahlil qilingan, hayoti va ijodiga doir esselar yozilgan. 
292. Mirtemir ijodi mustaqillik yillarida qanday baholandi? 
 
Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to’rt jildlik 
“Asarlar”i chop etildi, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari 
evaziga 2002-yilda ”Buyuk xizmatlari uchun “ ordeni bilan taqdirlandi.2010-
yilda xalqimizning sevimli shoiri tavalludining 100 yilligi nishonlandi. 
293. Mirtemirning ”Bulut”, “Shudring” kabi she’rlari qachon va qanday 
mavzuda yozilgan? 
XX asrning 50-60-yillarida yozilgan bo’lib,ularda tabiat tasviriga keng o’rin 
ajratilgan.Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar,go’zal 
qiyoslar,betakror obrazlar yaratish mahorati yaqqol sezilib turadi: 
Ko’k yuzida dam qaldiroq, dam sukut, 
Yog’may o’tma, pag’a bulut – oq bulut! 
Yog’ib o’tsang – tizza bo’yi o’t bo’lur, 
O’t bo’lur, ham sut bo’lur, ham qut bo’lur. 
 
294. Mirtemirning ilk she’ri qachon va qanday nomda chiqqan? 
Mirtemir bir umr yuksak ma’nodagi xalqchillikkka intilib kelgan, 
xalqchillikni she’riyatning onasiga aylantira olgan shoirdir. Shoirning ilk qo’shiq 
laridayoq qo’shiq aytib, rom qilish, qo’shiq aytib qanotlantirish mayli kuchli 
bo’lgan. U o’z she’ri, qo’shig’I oldiga mana shu talabni qo’ygan. Dastlabki she’ri 
”Tanburim tovushi” bo’lib, 1926-yilda yozilgan. She’r misralariga e’tibor beraylik: 
Tanburim torining yangroq sadosi, 
Borliqda umidlar uyg’otib borsin: 
Qalblarni eritib yoniq navosi 
Har ruhga bitmas zavq uyg’otib borsin. 
 
Bu satrlarning yozilganiga sal kam bir asr bo’lyapti, shoirning o’nlab 
qo’shiqlari chindan ham “har ruhda bitmas zavq o’ynatib” keldi. Bu zavqning 
manbai Mirtemir taronalarining tozaligi, g’uborsizligida, deb bilmoq kerak. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin