281. Hamid Olimjonning ”Zaynab va Omon”dostonida qanday voqealar tasvirlangan? “Zaynab va Omon” dostonida yangi inson, erkin sevgi, yangi urf-odat
muammosi ko’tarilgan va mahorat bilan tasvirlanib, hal etilgan. Asarda yangi
zamon nafasi ona diyorga mehr-muhabbat tuyg’usi bilan birgalikda ifodalanadi:
Zaynab o’sgan elning misli yo’q, Zaynab o’sgan el baxtga to’liq. Yuragida hech armon qolmas, Bunga jannat tenglasha olmas 282. Kim Hamid Olimjonni “Shodlik va baxt kuychisi” deb atagan? XX asrda Cho’lpon va Fitrat tufayli tug’ilgan yangi o’zbek she’riyatining
kamol topishi, lirik janrlarning rivojlanishi, lirik qahramon inja tuyg’ularining
badiiy mujassamlanishida Hamid Olimjonning ham munosib o’rni bor. U tabiatan
lirik shoir, nozik hissiyot va kechinmalar musavviridir. Shoir ijodida baxt, quvonch
va shodlik, Vatanga muhabbat hissi to’lib-toshib kuylanadi. Shining uchun ham
xalqimizning sevimli shoiri Uyg’un Hamid Olimjonni shodlik va baxt kuychisi deb aytgan. Shoir o’zi ko’plab she’rlarida bu fikrlarni aytib o’tgan. Jumladan,
“Baxt to’g’risida” she’rida shunday yozadi:
Baxt topilmas hech bir zamonda, El qul bo’lsa, bo’lsa yalang’och. Jannatlarni yaratgan odam Natijada o’zi qolsa och. Quvonch shulkim, tole yor bo’lib Baxtni topgan elni ko’roldim. Asrlarning qayg’usin qarg’ab, Shodlik va baxt kuyini chaldim 50 . “Daryo tiniq, osmon beg’ubor” she’rida o’zining baxtiyor ekanligiga
ishongan lirik qahramon kechinmalari quyidagicha tasvirlanadi:
Baxtim borki, har narsa go’zal Ko’rinadi mening ko’zimga.