O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


”Muqanna” mazmun darajasiga ko’ra qaysi asarlarga yaqin turadi?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   187
 
271.”Muqanna” mazmun darajasiga ko’ra qaysi asarlarga yaqin turadi? 
Shoir va dramaturg Hamid Olimjonning she’riy yo’l bilan yozilgan 
“Muqanna” dramasi mazmun teranligi va badiiy shaklining mukammalligiga ko’ra
V. Shekspirning “Otello” va ”Gamlet”, Uyg’un va Izzat Sultonlarning ”Alisher 
Navoiy” kabi mashhur sahna asarlariga yaqin turadi. 
Asar yaratilgan va sahnalashtirilgan paytda nemis bosqinchilari sovetlar 
mamlakatiga bostirib kirib, tarix hali ko’rmagan xunrezliklarni qilayotgan edilar. 
Shuning uchun ham asarning zo’ravonlikka, vahshiylikka, bosqinchilikka qarshi 
qaratilgan ruhi Muqannaning: “Qarang, vatan kul bo’lib sovurilmoqda, Ota-ona 
otashda qovurilmoqda… Kimlar o’lim oldida qaltiraydi? Kimlar yovuz yovdan 
omon so’raydi?..” qabilidagi o’tli so’zlari xalqda yangi g’azab va nafrat o’chini
uyg’otuvchi qudratga ega bo’lgan. 
272. Guloyinni keng dunyoni ko’rishga imkon bergan, ozodlik uchun 
kurashga chorlagan qahramon kim edi? 
Guloyin asar boshlarida ham aniq dunyoqarashga ega qiz edi. U otasi bilan 
bo’lgan suhbatda bunday so’zlarni aytadi: 
 
 
 
…Shuncha yillar otashgohga topindim 
 
 
Va bilmadim: ilohim kim, tangrim kim. 


 
 
Qayg’usi yo’q biror kunni ko’rmadim, 
 
 
Biror soat men baxtiyor bo’lmadim… 
 
 
Ixtiyorni bersang agar menga sen, 
 
 
Ozodlikka topinardim yolg’iz men. 
 
Ana shu Guloyin Battol qilichidan yaralanib, halok bo’lar ekan, Muqannaga 
shunday deydi: 
 
 
 
Ko’zim ochding, men dunyoni keng ko’rdim, 
 
 
O’zimni ham odamlarga teng ko’rdim. 
 
 
Sening bilan birga yozdim qanot ham, 
 
 
Ko’zlarimga go’zal bo’ldi hayot ham. 
 
 
Bir necha kun havas bilan yashadim, 
 
 
Hatto erkin nafas bilan yashadim. 
 
Faqat ozodlikka topinishni istagan Guloyin Muqanna tufayli milliy-ozodlik 
harakatiga qo’shilib, qo’liga qilich olgach, hayot uning ko’zlariga go’zal bo’lib 
ko’rinadi; shu ma’noda Muqanna uning ko’zini ochib, keng dunyoni ko’rishiga 
imkon beradi. Muhabbat mavzusi asar to’qimasiga shu tarzda uzviy kirib borib, 
qahramonlarning kurashi va intilishlarini go’zallashtiradi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin