Hamid Olimjon urush tufayli o’zbek tuprog’idan makon topgan Roksana
fojiasini tarixiy davr manzaralari negizida tasvirlaydi. Begona yurtga, begona
kishilar va begona urf-odatlar muhitiga kelib qolgan Roksananing boshiga katta
musibat tushadi. Agar yakka-yuyolg’iz go’dagi Vovaning o’limi Roksanani ruhan
majruh etsa, uning jasadini qayerga qo’yish masalasi baxtsiz onaga yangi iztiroblar
keltiradi. Ijodkor ana shunday fojiali vaziyatda qolgan Roksananing o’zbek yurtida
mehr-shafqatsiz, muruvvatsiz qolishi mumkin emasligini ko’rsatadi. Agar
Roksanani o’z panohiga olgan Sora butun mahallani oyoqqa turg’azib, uni izlasa
va unga hamdard bo’lsa, qabristondagi choluning musibatiga teng sherik bo’ladi. U
jasadni qo’liga olar ekan, “
Bilsang, mening ham o’g’lim Qoldi sening yeringda.
Bor mening ham bir qabrim Sening sevgan elingda”, deydi. Uning bu so’zlarida
katta ma’no bor: davr turli millat, turli tuproq va turli iymon-e’tiqodga mansub
kishilar qalbini ham, qabrini ham birlashtirib yuborgan edi. Shoir ana shu tarixiy
haqiqatga suyanib, asarda xalqlar do’stligi g’oyasini barilla kuylagan.
Dostları ilə paylaş: