tuyg’ulari va ishqiy kechinmalar tasvirini ham jang maydoniga ko’chiradi. She’rda
tasvirlangan qiz jangchi yori ortidan frontga yo’l oladi. “
Menga ne kerakdir bu
yolg’iz qolish? Sensiz ololmasman also men nafas”, deydi u va bosh olib, jang
maydoniga ketadi:
Balki uchrashmasmiz biz endi mangu,
Bo’samiz ham qolar balki sargardon.
Lekin sevishganlar qaytmas o’limdan,
Lekin mangu qolar ikki tomchi qon.
Ikki sevishganlar Vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lida halok bo’lishlari
mumkinligini sezadilar. Lekin bu fojiali yakun ham ularni mardlik va jasorat
yo’lidan qaytarmaydi:
Bug’doy boshog’iday ko’kka intilib,
Men shunda tuproqdan ko’tararman bosh.
Sening qonlaringdan o’sar qizil gul,
Yoqutga aylanar soylardagi tosh.
Dunyoni yoritar bizning sevgimiz.
Ikkimiz hech o’lmasmiz also…
Hamid Olimjonning baxt sururidan mast bo’lgan lirik qahramoni mustaqillik
uchun kurashda o’z baxtini ham, sevgisini ham qurbon qilishga tayyor. Zero, uning
uchun shaxsiy farog’atdan ko’ra xalq va yurtning taqdiri, istiqloli muhimdir. Uning
butun she’riy ijodida olg’a surilgan g’oyalar shu nuqtaga kelib, o’zaro tutashadi.
Dostları ilə paylaş: