Bu hikmatomuz so’zlar Mirzo Ulug’bek (“Mirzo Ulug’bek” ) obraziga
tegishli. Bu haqda shunday deydi:
Kim biladi, bo’lmasaydimshu zamonada
Bu davlatning boshida men, nelar bo’lardi!
Balki, diyor zulmatlarga cho’kib qulardi.
Ammo, biling, gapim xolis, Piri Zindoniy,
Faqat tojning mehri emas shu andishalar,
Men shohlikni ma’rifatga qildim dastyor.
Mavzu: HAMID OLIMJON
248. Hamid Olimjon kim? Siz shoir haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Hamid Olimjon – o’zbek she’riyatining yorqin siymolaridan biri. Bor-yo’g’i
o’ttiz besh yil yashagan Hamid Olimjon o’zining talay she’rlari, dostonlari, nasriy
asarlari, dramalari, badiiy tarjimalari va adabiyotshunoslikka doir tadqiqotlari bilan
hali uzoq vaqt mobaynida xalq xizmatida bo’ladi. Qanday adabiy-tarixiy davrlar
kelmasin, qanday fikrlar shabadasi esmasin, asr adabiyotining eng iste’dodlilari
orasida Hamid Olimjonning dilbar she’riyati ham yashashda davom etadi.
Hamid Olimjon lirikasi shoir qalbida ungan, mavj urgan va katta to’lqinga
aylangan tuyg’ular shalolasidan iborat. Bu tuyg’ular shoir qalbining qaynoq va
samimiy holatidan otilib chiqadi. Hamid Olimjonning muhabbatida ham, nafratida
ham porloq alanga bor. U o’zbek she’riyatida Cho’lpondan keyin jnsonning ruhiy
olamini nafis bo’yoqlarda ifodalashga uringan shoirlarning dastlabkilaridan biri.
Hamid Olimjonning 1936-yildan keyingi ijodida lirik qahramonning ichki olami
barcha go’zal jilvalari bilan aks eta boshladi.
O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir shunday deydi: “
Hamid Olimjon nodir
iste’dod egasi. Qonida, ko’z qorachig’ida, to’qson ikki tomirida tug’ma zukkolik,
shoirona sajiya, bilgichlik ayon… chin ma’nosi bilan o’qimishli qalamkash edi”.
Dostları ilə paylaş: