O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Hamid Olimjon talabalik chog’ida qanday hioyalar to’plamini chop



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   187
253. Hamid Olimjon talabalik chog’ida qanday hioyalar to’plamini chop 
ettirdi? 
Hamid Olimjon o’ta tirishqoq talaba sifatida darslarni puxta o’zlashtiradi, 
shiddat bilan ijod qilib, “ Tong shabadasi” (1931) hikoyalar to’plamini e’lon qiladi. 
254. Hamid Olimjon yana qanday to’plamlarni yaratdi? 
Hamid Olimjon “Olov sochlar”(1931),”Poyga” ,”O’lim yovga” (1932), 
”Daryo kechasi” (1936), ”She’rlar”(1937), “Chirchiq bo’ylarida” (1937), ”O’lka”, 
”Oygul bilan Baxtiyor”(1939) “ Baxt “ (1940) kabi to’plamlarni hamda qator
tarjimalarni nashr qildiradi. Bu to’plamlarga kiritilgan she’riy asarlarning 
aksariyati shoir ijodida rang-barang voqelik tasviri tobora chuqurlashib, 
go’zallashib, obrazlilik va ta’sirchanlik kuchaya borganligidan dalolat beradi. 
1939-yili O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas’ul kotib etib tayinlanadi. 
255. Mustaqillik yillarida shoir ijodi qanday baholandi? 
 
2004-yilda Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov tomonidan Hamid 
Olimjon “ Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Shoir ijodi o’rta va 
oily maktablarning hamda akademik litseylarning o’quv dasturlaridan mustahkam 
o’rin egallagan. San’atkor asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. 
2009-yilda shoir tavalludining 100 yilligi yurtimizda keng nishonlandi.
256. Hamid Olimjon ijodi bilan shug’ullangan qaysi adabiyotshunoslarni 
bilasiz? 
 
Hamid Olimjon g’oyat qisqa umr ko’rdi. 35 yil yashagan shoirning XX asr 
o’zbek adabiyoti tarixida qolishi katta voqeadir. Ijodkorning o’n jildlik to’la asarlar 
to’plamidan joy olgan adabiy merosi she’riy asarlaridan tashqari, bir qancha nasr 
namunalari, ocherklar, dramalar, publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar hamda 


tarjimalardan iborat. Bu rang-barang meros orasida she’riyat alohida mavqega 
ega. Shoir she’riyati badiiy tasvir vositalariga boyligi bilan ham ahamiyatlidir. 
Mashhur adabiyotshunoslardan Sarvar Azimov, Salohiddin Mamajonov, 
Umarali Normatov, Naim Karimov, Saydulla Mirzayev, Baxtiyor Nazarov va
D. Quronovlarning yirik monografiyalari (ya’ni ilmiy tadqiqotlari), Hotam 
Umurovning uch jildlik asarida va boshqa ko’plab kitoblarda shoir ijodiyoti keng , 
atroflicha tahlil qilingan. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin