Ulug’bek teran mulohazali, bilimdon, ma’rifatli, insonparvar shaxs sifatida
ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. U mutafakkir olim sifatida o’z zamonidan
ancha ilgarilab ketgan.
240. Ulug’bek asar davomida kimlar bilan to’qnashadi?
“Mirzo Ulug’bek” fojiasining asosiy konflikti Ulug’bek –Abdullatif,
Ulug’bek - Gavharshodbegim, Ulug’bek - Said Obid, Ulug’bek - Piri Zindoniy,
Ulug’bek - Feruza o’rtasidagi to’qnashuvlarda namoyon bo’ladi.
241. Ulug’bek nimani barcha narsadan ustun qo’yadi?
Mirzo Ulug’bek ilmni hamma narsadan – behisob boylikdan ham, podsholik
davri davronidan ham ustun qo’yadi. Shunga ko’ra u do’stlari va shogirdlariga
nasihat qilib, deydi:
Ilm inson ko’zin ochar, qulog’in ochar,
Fan miyaga idrok bilan yorug’ni sochar.
Fan miyaga kirgan joyda, biling, muhaqqaq,
Na shaytonga o’rin bordirva na folbinga…
Zamon o’tar, vahshat bitar, yomonlik ketar,
Ammo fanning shavkatiga cho’kmaydi g’ubor.
Ulug’bek ilmning amaliy ahamiyatiga katta baho beradi. Ilm-ma’rifat orqali
jaholatga barham berib, mamlakatda adolat o’rnatishni, xalq ahvolini yaxshilashni,
yurtni obod etishni orzu qiladi. Biroq buyuk olim o’zining bu ezgu niyatiga yeta
olmaydi.
242. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek”tragediyasi qaysi usulda yozilgan?
“Mirzo Ulug’bek” tragediyasi chuqur mazmunli aforizmlarga, obrazli
ifodalangan falsafiy fikrlarga boy. Asar oq she’r (qofiyasiz she’r)da yozilgan, ko’p
sahnalar Shayxzodaga xos jo’shqinlik va harorat bilan bitilgan. Quyidagi misollar
fikrimizni dalillaydi:
Agar yurtning fuqarosi tunda uxlamay
Faryod etsa, demak, shohning vijdoni uxlar.
Elni boqib, cho’pon bo’lmoq uning xizmati,
Saltanatda lozim erur shunday bir usul:
Marg’ilonda tovuq yitsa, shoh bo’lsin mas’ul!
Sayid, biling, qizning o’zi xohishi bilan
Erga tegsa, bu hech qanday o’g’irlik emas.
Tragediyada bosh qahramon tilidan berilgan bunday teran ma’noli hikmatli
so’zlar va falsafiy-badiiy umumlashmalar Mirzo Ulug’bekka xos olijanob sifatni –
uning dono insonva buyuk mutafakkir bo’lganini ochib berishga xizmat qilgan.
Dostları ilə paylaş: