O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   187
 
300. Ona tilim – onajonim tili bu, 
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa. 
El-u yurtim,xonumonim tili bu, 
Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa… 
Misralar muallifi kim? She’rda shoir nima demoqchi? 
 
Misralar muallifi O’zbekiston xalq shoiri Mirtemir.” Ona tilim “ nomli she’ri 
1974 –yilda, ya’ni tilimizga Davlat tili maqomi berilishidan 15 yil oldin yozilgan. 
Aytish mumkinki, Mirtemir o’zbek tiliga umumxalq va umumdavlat miqyosida 
katta e’tibor berish, uning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish 
lozimligini o’sha vaqtdayoq yurakdan his etgan. 
301. Mirtemirning “Surat” dostonidagi Toshlon kim? 
 
Dostonning bosh qahramoni Toshlon aslan Mirtemirning o’zi. Mirtemir
22 yoshida qatag’onning achchiq tuzini yalagan va bu dahshatli voqea shoirning 
butun hayotida chuqur iz qoldirgan.Ushbu lirik qissada shoir o’z hayoti lavhalarini 
tasvir etgan,ammo u o’z dardini doston qiladigan kishilar qavmidan bo’lmagani 
uchun ruhiy iztirobi bilan bog’liq voqealarni qoraqalpoq yigiti Toshlon obrazi 
orqali aks ettirgan. 
 
302. Quyidagi she’riy parcha qaysi asardan olingan va kimga tegishli? 
Gunohim ne? Jangda bo’lganim, 
Qon kechganim, yuz bor o’lganim? 
Diydoringni unutolmayin, 
O’limlardan hatlab kelganim? 
 
Mazkur she’riy parcha shoir Mirtemirning “Surat” dostonidan olingan. 
“Surat” dostoni bosh qahramoni Toshlon aytyapti, lekin bu satrlarda shoirning 
Moskva-Volga kanali qurilishida kechgan azobli hayoti va o’limlarni hatlab 
kelgani o’z ifodasini topgan 
303. Mirtemir she’riyatining bosh mavzusi va asosiy qahramoni kimlar? 


 
Mirtemir she’riyatining bosh mavzusi – O’zbekiston, asosiy qahramoni esa 
o’zbek xalqidir. Shoir O’zbekiston va o’zbek xalqi hayoti mavzulariga muntazam 
murojaat etadi va har safar o’z el-ulusi obrazining yangi bir qirrasini o’ziga xos 
usulda mahorat bilan ochib beradi. Yurt jamolidan, odamlar kamolidan quvongan 
shoir niyat qiladi: 
She’rlarimda jilva qilsin zamona, 
 
 
 
Yurtim madhi bo’lsin so’nggi satrim ham. 
 
Shoir niyatiga yetdi. Shoirning so’nggi satrlari ham yurt madhi, ona xalqqa 
muhabbat-u sadoqat tuyg’usi bilan yo’g’rildi. Quyidagi misralarga e’tibor beraylik: 
Xalqim yetagida yetdim voyaga, 
 
 
 
Xalqim bilan kuldim… 
 
 
 
Zalqim deb o’ldim. 
 
 
 
Xalqim nima bo’lsa, men o’sha bo’ldim… 
 
 
 
Mening yuragimni teshib o’tdilar 
 
 
 
Xalqimga otilgan talay-talay o’q. 
 
 
 
Qancha yo’llar bosdim, gohida toldim, 
 
 
 
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin