O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   187
asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
 
Mirtemir hamisha o’z ijodida oddiy odamlarni, mehnat kishilarini madh etib 
kelgan. Shoirning so’nggi she’rlarining qahramonlari ham oddiy paxtakorlar, g’alla 
yetishtiruvchilar, ishchilar, ziyolilar,.. Shoir ularning har biriga xos bo’lgan noyob 
fazilatlarni topadi va ulug’laydi.
Mirtemir ijodining so’nggi bosqichidagi asarlar shoir poeziyasidagi beqiyos 
milliy ranglarga yo’g’rilgan obrazlilik, xalqchillik, shaklning mukammalligi, uslub 
tiniqligi yana bir pog’ona yuksakka ko’tarilganidan dalolat beradi. Shoir she’riyati, 
uning tili, o’lkamiz tabiatidek ranglarga, jilolarga boy uslubi kitobxonda yorqin 
taassurot qoldiradi. 
Mirtemir bir she’rida “Qo’shiqlarim, siz uchun xijolatli emasman”, deb 
yozgan edi. Shoir tug’ma iste’dod egasi edi, uning baquvvat asarlari hisobsiz edi. 
Shuning uchun Mirtemir o’z she’rlari uchun xijolat bo’lmaslikka batamom haqli 
edi. Shoir she’riyati ko’p yillar davomida “El dilini shu’lador qilib keldi”, bundan 
keyin ham shunday bo’lib qolaveradi. 
306. ”Kipriklarim” she’ri kimniki, u nima munosabat bilan yozilgan? 
“Kipriklarim” she’ri shoir Mirtemirniki.1960-yilda yozilgan bu she’r yosh 
qalamkash do’stlariga bag’ishlangan. Shoir o’zi parvarishlab o’stirayotgan ijodkor 
yoshlarni kipriklarim deb atadiki, natijada kiprik poetik obrazi an’anaviy obraz 
darajasidan ko’tarilib, yangi zamonaviy mazmun bilan sug’orilgan: 
Kipriklarim qo’ng’irmikin yo qora? 
 
 
 
Kipriklarim yuztamikin yoki ming? 
 
 
 
Kipriklarim muncha aziz va sara, 
 
 
 
Ko’zginamning kipriklari… 
Mirtemir yosh ijodkorlarni doim qo’llab-quvvatlagan. Ularni yangi-yangi 
cho’qilarga chorlagan, ruhiy madad bergan. Bu she’rning oxirgi misralarida 
shunday ifodalanadi: 
Ey, aziz kipriklarim. 
 
 
 
Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari. 
 
 
 
Kiprigimday azizlarim, nechog’liq ham suyuksiz. 
 
 
 
Armonimday buyuksiz!

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin